
Har bir millatning o'ziga xos kiyinish uslubi va an'analari bor. Bu xususida hindlar o'zgacha bir uslub yaratib olishgan. Ayniqsa, dunyoga mashhur bo'lgan hind sarilari kishining ko'zini quvontiradi. Qiziq, Bollivud kino yulduzlari bu borada qanday fikrda ekan? Ular ham turfa xil bayramlarda yoki bazmlarda o'zlarining milliy kiyimlariga tez-tez murojaat qilib turishadimi?

Bollivud yulduzlarining uslubi haqida gap ketganda, Sonam Kapur ro'yxatning boshida turadi. Negaki, har qanday milliy bayramlar yoki bazmlarda uni bir-biridan ajoyib sarilarda ko'rish mumkin. Shu xususiyati bilan u boshqalardan ajralib turadi.

Bu borada Anil Kapur ham birinchilardan hisoblanadi. Bu aktyorni o'ziga yarashib turuvchi ajoyib shervanilarisiz tasavvur etish mushkul. Hind shervanilarining brendga aylanishida Anil Kapurning ham hissasi yetarlicha. Akshay Kumar ham o'zining milliy liboslari safini yaxshigina kengaytirib boradi. Uning ham ijodiy kechalarda yangicha uslubda tikilgan zamonaviy shervanilari muxlislari ko'zini quvontirib kelgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar