Aziz mushtariylar! Siz uchun juda ham qiziqarli bo‘lgan Bollivud olami hamda uning bir-biridan mahoratli aktyor va aktrisalarining ijod namunalari haqida berib borilayotgan maqolalarimiz sizga qanchalik manzur bo‘lganligi haqida fikr-mulohazalaringizni, albatta kutib qolamiz.
Bu galgi maqolamiz orqali iste’dodli Bollivud aktrisasi Deepika Padukone yangi loyiha ustida ishlayotgani haqidagi so‘nggi ma’lumotlarni siz azizlarga taqdim etish niyatidamiz.
Agar ushbu aktrisaning ijodiga qiziqib boruvchilardan biri bo‘lsangiz, uning so‘nggi muvaffaqiyatli filmlaridan biri bo‘lgan «Padmaavat» (Padmavati) filmida Rawal Ratan Singx rolini ijro etish uchun Viki Kaushal bilan uchrashgan hamda aktrisa bu sheriklikni rad etgani haqida ma’lumotga egadirsiz. Viki Kaushalning rad etilishidan so‘ng bu rolni Shahid Kapur ijro etgan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Deepika keyingi rolini Shakun Batraning ijodiy jamoasi bilan birgalikda suratga olinadigan yangi filmda ijro etmoqchi. Ushbu film syujeti ikki er-xotin va ularning oilaviy muammolari asosida tuzilgan. Hozirda yangi film ijodkorlari bosh rol ijrosi uchun Deepikaga sherik qidirishmoqda.
Aytishlariga qaraganda, bosh rol ijrochilari sifatida yana o‘sha Deepika rad etgan Viki Kaushal yoki Siddxant Chaturvedilar bilan bog‘lanib ko‘rilyapti. Biroq aktrisa o‘zi xohlamagan aktyor bilan rol ijro etishga rozi bo‘larmikan? Aktrisaning yangi film ssenariysi haqidagi xulosalari juda yaxshiligi uning o‘zi tomonidan tan olingan. Voqealar rivojini biz bilan kuzatib boring! “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi
Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi
Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi