16:20 / 29.03.2020
4 522

Yulduz Usmonova har kuni Instagram orqali jonli konsert beradi (video)

Yulduz Usmonova har kuni Instagram orqali jonli konsert beradi (video)
Foto: Instagram / @yulduzibragimovnausmonova
O‘zbekiston xalq artisti Instagram orqali har kuni soat 19:30da jonli konsert beradi. Bu haqda xonanda ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

«Yomon kayfiyatdan o‘zim ham charchadim. Hozir hamma frontga chiqdi, shifokorlar jonini fido qilib, mehnat qilyapti, biz san’atkorlar ham sizlarning kayfiyatingizni ko‘tarish maqsadida har kuni 30—40 daqiqa davomida konsert berib turamiz», — deydi Yulduz Usmonova.

Birinchi konsert dasturi 28 mart kuni taqdim etildi. Yulduz Usmonova konsert repertuarini muxlislar talab va istaklariga ko‘ra tuzib, ularning buyurtmasi bo‘yicha jonli musiqa jo‘rligida qo‘shiq kuyladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova «Xalqlar do‘stligi» saroyida 10—25 mart kunlari o‘zining yangi yakkaxon konsert dasturini taqdim qilayotgan edi. Koronavirus sababli Yulduz Usmonovaning konsert dasturi 16 mart kunidan qoldirildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Yulduz Usmonova har kuni Instagram orqali jonli konsert beradi (video)