Foto: Instagram / @rayhonganiyeva
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyeva Instagram’dagi sahifasida muxlislariga motivatsion murojaat yozib qoldirdi.
«Bugun uxlashdan avval biz yana ko‘chaga chiqa oladigan kun haqida o‘ylang. Biz yana yaqinlarimizni bag‘rimizga bosa olishimiz, barcha oila a’zolarimiz bilan do‘konga xarid uchun borish bayramdek tuyulishi haqida o‘ylang.
Hayotimizga kafelarda do‘stlarimiz bilan tushlik qila olishimiz mumkin bo‘ladigan vaqtlar, bir-biriga yaqin yurgan odamlarning fotosuratlari, sevimli ishimizning qaytishi haqida o‘ylaymiz.
Hozir yuz berayotgan hodisalar xotiraga aylanib, bizning normal hayotimiz kutilmagan va yoqimli sovg‘adek tuyulishi haqida o‘ylaymiz. Va biz hozirga qadar oddiy holdek tuyulib kelgan hamma narsani yaxshi ko‘rib qolamiz. Va har bir soniyaning qadriga yetamiz. Dengizda cho‘milish, kechga qadar quyosh nurlaridan bahra olish, ufqqa termulish, uchrashuvlar, kulgular. Biz yana birgalikda kulamiz. Hammamizga kuch-quvvat bersin! Tez kunda ko‘rishamiz», — deb yozdi Rayhon. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi"
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?