Foto: YouTube
Rejissyor Jahongir Qosimov shoir va o‘zbek ma’rifatparvari Isxoqxon Ibrat hayotiga bag‘ishlangan film ishladi.
«Ibrat» filmi real voqealar asosida suratga olingan bo‘lib, unda Farhod Mahmudov, Karim Mirhodiyev, Saidkomil Umarov, Erkin Komilov, Behzod Muhammadkarimov, Matyoqub Matchonov, Tohir Saidov, Zulhumor Mo‘minova hamda Akbarxo‘ja Rasulov kabi mahoratli aktyorlar turli obrazlarni gavdalantirgan.
Filmning katta ekranlarga chiqish sanasi hozircha noma’lum.
Ma’lumot uchun, 1862 yil Qo‘qon xonligidagi Namangandan uzoq bo‘lmagan To‘raqo‘rg‘on qishlog‘ida tug‘ilgan Isxoqxon To‘ra Junaydullo xo‘ja o‘g‘li – jadidchi, yozuvchi, tarjimon-poliglot, tarixshunos bo‘lgan. U sakkizta tilda so‘zlasha olgan.
O‘zining asarlarida Ibrat xalqini o‘qimishli va ma’naviyatli ko‘rishni istagan. Ibrat ko‘plab ilmiy, tarixiy va tilshunoslikka oid kitoblar yozadi. Ular orasida «Tarixi Farg‘ona» («Farg‘ona tarixi»), «Tarixi madaniyat» («Tarix madaniyati»), «Mezon uz-zamon» («Zamonlar batafsil»), «Zabonxoi sharq» («Sharq tillari») va boshqa kitoblari ayniqsa mashhur bo‘lgan.
1920 yil oxiri, 1930 yil boshlarida u davlat lavozimlarida faoliyat yuritadi. 1935 yil Isxoqxon Ibrat barcha lavozimlardan ozod etiladi va unga maktablarda dars berish taqiqlanadi. 1937 yil u «sovetga qarshi targ‘ibot»da ayblanib, hibsga olinadi va qamaladi. Shu yilning aprel oyida Andijondagi qamoqda vafot etadi, uning yoshi 75 da edi. Isxoqxon Ibratning dafn etilgan joyi hanuz noma’lum. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz"
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi
Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi?
Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi