
O‘zbek san’atkorlari karantin vaqtida muxlislarini zeriktirmaslik harakatida. 12 aprel, yakshanba kuni ham ular o‘zlarining Instagram’dagi sahifalarida turli xil qiziq video va fotolar joyladi.
O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova «Xasta bo‘lma» deb nomlangan taronasini joyladi. Ushbu lavha Yulduz Usmonovaning «Sevimli» kanalidagi «Sevimli yuduz» loyihasidan olingan.
Aktrisa Durdona Qurbonova O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning «O‘lsam, janozamni bulbul o‘qisin» misrasi bilan boshlanadigan she’rini o‘qib, sahifasiga joyladi. Uning muxlislari ushbu lavhani yaxshi kutib oldi.
Bugun, 12 aprel kuni, O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayev 73 yoshini qarshiladi. Sherali Jo‘rayev tug‘ilgan kunida bugungi sinovli kunlarda jonini ayamay mehnat qilayotgan shifokorlar, hamshiralar, Milliy gvardiya xodimlari hamda vatan uchun uxlamasdan yurtga xizmat qilayotgan insonlarga minnatdorchilik bildirdi. Sherali Jo‘rayev «Xudo xohlasa, ro‘zayi ramazon oylarida shu balolardan barchamiz qutulib ketaylik, uyda bo‘linglar», — deya duo qilib, fikrlarini yakunladi.
Bundan tashqari, Sherali Jo‘rayevning farzandlari Shohjahon hamda Zohirshoh Jo‘rayevlar ham tabriklab, o‘zlarining Instagram sahifalariga foto postlar joyladi.
https://www.instagram.com/p/B-4h6NXhzQF/?utm_source=ig_embed “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar