
O‘zbek san’atkorlari karantin vaqtida muxlislarini zeriktirmaslikka harakat qilmoqda. 2 may kuni ham ular o‘zlarining Instagram’dagi sahifalariga turli xil qiziq video va fotopostlar joyladi.
O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov san’at ahli va ko‘ngillilarga murojaat qilib, toshqin oqibatida aziyat chekkan sirdaryoliklarga yordam berishga chaqirdi.
Xonanda Shohruhxon «Gulim» deb nomlangan qo‘shig‘i va klipini taqdim etdi. Klipda bosh rolni uning rafiqasi, aktrisa Asal Shodiyeva ijro etgan. Shohruhxon klipda Asal Shodiyevaga sevgisini rus tilida izhor etgan.
Aktrisa Feruza Normatova toshqin oqibatlaridan aziyat chekkan sirdaryoliklarga sabr tiladi.
Aktrisa Muqaddas Sa’dullayeva folloverlarini shukr qilishga, atrofdagi yaxshiliklarni his etishga chaqirdi.
Xonanda Munisa Rizayeva hayotidagi sinovli kunlar haqida gapirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar