3 217
Hulkar Abdullayevaning «Paqa-paq» qo‘shig‘ini Zoom orqali birgalikda ijro etishdi (video)
«Xiva – 2020 yilda turkiy dunyoning madaniyat poytaxti» deb e’lon qilingani munosabati bilan turkiy tilli davlatlarning taniqli san’atkorlari xonanda Hulkar Abdullayevaning «Paqa-paq» qo‘shig‘ini birgalikda ijro etdi. Bu haqda madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov xabar berdi.
Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tatariston, Turkmaniston, Turkiya, Qrim, Moldova, Kabarda-Balkariya, O‘zbekiston san’atkorlari Zoom orqali bir joyga to‘planib, Hulkar Abdullayevaga jo‘r bo‘lib, «Paqa-paq» qo‘shig‘ini kuylagan.
«Ko‘hna Xiva yurtimizga xorijlik sayyohlarni eng ko‘p jalb etuvchi qadimiy shaharlardan biri. Xorazm zaminining go‘zal va navqiron bu go‘shasi 2020 yilda turk dunyosi madaniyati poytaxti maqomiga sazovor bo‘ldi. Bu bizlar uchun faxr va iftixor tuyg‘usidir.
Moziy sahnasida ne-ne istilolarga bo‘yin egmagan Xiva, hamon serviqor ko‘rinishini yo‘qotmagan va uning dovrug‘i butun dunyoga tarqalmoqda.
‘Xiva – 2020 yilda turkiy dunyoning madaniyat poytaxti’ deb e’lon qilingani munosabati bilan barcha qardosh turkiy xalqlarning taniqli san’atkorlari birgalikda qo‘shiq kuylashdi.
Bugungi sinovli kunlarda ijro etilgan ushbu qo‘shiq dunyo xalqlarini qalban yanada yaqinlashtiradi», — deb yozadi Ozodbek Nazarbekov.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Surxondaryo viloyatida ayiq IIB xodimiga jarohat yetkazdi
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
“Roma” Shomurodov uchun yana 8 million yevro xarajat qiladi!
Kolumbiya prezidenti Netanyaxuni hibsga olishga chaqirdi
D vitamini dozasini oshirib yuborishning xavfli oqibatlari
Erdo‘g‘on davlat to‘ntarishi ehtimoli sababli tunda favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi
Ukraina prezidenti mahbuslarni safarbar qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
Xavi eng katta xatosini tan oldi