Foto: Instagram / @sanjarkhalikov
Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rashid Holiqovning o‘g‘li, xonanda Sanjarning to‘yi aks etgan videolar tarqaldi. Ushbu tasvirlarga oydinlik kiritish maqsadida «Daryo» muxbiri Feruz Muhammad Sanjar Holiqovning ma’muri Doniyor Alimuhammedov bilan bog‘landi.
«13 iyun kuni Sanjar va do‘stlari kelinnikiga bordi. Bu faqat oila a’zolari va yaqin do‘stlar uchun kichik marosim edi. Bugun kelinning oila a’zolari Sanjarnikiga tashrif buyuradi. Katta to‘y karantindan keyin bo‘ladi», — deydi Sanjarning ma’muri.
— Shukhrat (@bankir2102) June 14, 2020
Videoda kuyov — Sanjarning yaqinlari, do‘stlari, hatto uning o‘zi ham tibbiy niqob taqmagan, mehmonlar o‘zaro ijtimoiy masofa saqlamaganini ko‘rish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan 1 iyundan boshlab «yashil» hududlarda oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni o‘tkazishga ruxsat berilgan.
Bunda oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni fuqarolarning uy-joyi va hovlisining o‘zida 30 kishidan ko‘p bo‘lmagan (faqat yaqin qarindoshlar va ushbu tuman hududida istiqomat qiluvchi boshqa qarindoshlar) hamda sanitariya va gigiyena talablariga qat’iy rioya etgan holda o‘tkazishga ruxsat beriladi.
O‘z navbatida karantin davrida mazkur belgilangan talablarni buzgan shaxslar epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortilishi belgilangan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin
U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi
Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi
Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi
Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz"
Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi
2024 yil yozida Ukrainadagi urush va Rossiyaning yurishi qanday bo‘ladi?