Foto: India TV News
Bollivudning yulduzli oilasi vakilasi, hind kino sanoatining eng mashhur aktyori Amitabh Bachchanning umr yo‘ldoshi haqidagi ma’lumotlarni taqdim qilamiz.
1. Jaya Bxaduri 1948 yil 9 aprel sanasida Hindistonning Madhya-Pradesh shtati, Jabalpur shahrida dunyoga kelgan.
2. Punadagi Kino va televideniye institutini oltin medalga tamomlagan Jaya 15 yoshida «Katta shahar» filmida debyut rol ijro qilgan.
3. 1971 yilda suratga olingan «Guddi» filmidagi roli uchun Filmfare Awards’da eng yaxshi aktrisa deb topilgan.
4. 1972 yilda Sanjiv Kumar bilan birga rol ijrosi uning karerasida muvaffaqiyat boshlanishiga sababchi bo‘lgan.
Foto: Pinterest
5. Aktrisa Xrishikesh Mukerji, Gulzar, Ramesh Sippi, Prakash Mehra va boshqa bir qancha rejissyorlar bilan hamkorlikda ishlashga muvaffaq bo‘lgan.
6. «Guddi» filmida Amitabh Bachchan epizod rol ijro qilgan bo‘lsa-da, keyinchalik «Bansi va Birju» filmida juftlik to‘liq birgalikda suratga tushgan. Shundan keyin «Intiqom va qonun» (1975), «Vtixarya» (1975) va yana bir qancha filmlarda juftlikni gavdalantirgan mashhurlar o‘rtasida sevgi alangasi uchqunlari paydo bo‘la boshlaydi.
7. Juftlik 1973 yil 3 iyunda turmush qurgan va ikki nafar farzadli bo‘lgan. Qizi Shveta Bachchan biznesmenga turmushga chiqqan, o‘g‘li Abxishek bo‘lsa, Ayshvariya Rayga uylangan.
8. Farzandlari tarbiyasiga o‘zini bag‘ishlashga qaror qilgan aktrisa oradan 17 yil o‘tib «Ona yer» filmida suratga tushgan.
Foto: Pinterest
9. U o‘zini 90 yillarda prodyusser sifatida ham sinab ko‘rgan.
10. 1992 yilda Jaya Bachchan Padma Shri davlat mukofotiga loyiq deb topilgan.
Foto: The Canadian Bazaar
11. Aktrisa arsenalida 2000 yillarning eng taniqli «Gohi shodlik, gohi g‘am» va «O‘tkinchi dunyo» filmlari ham bor.
12. Bugungi kunda Jaya Bachchanning uch nafar nevarasi (Shvetaning bir qiz, bir o‘g‘li, Abxishekning esa bir qizi) bor. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
Gruziya poytaxtida namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi