21:43 / 12.07.2020
8 657

Aktyor Ma’ruf Otajonov 60 yoshida ijarada yashayotgani sababini ma’lum qildi (video)

Aktyor Ma’ruf Otajonov 60 yoshida ijarada yashayotgani sababini ma’lum qildi (video)
Foto: «Daryo»
Aktyor va rejissyor Ma’ruf Otajonov «Daryo» internet-nashriga eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni «Daryo» muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi.

Ma’ruf Otajonov 60 yoshida uyma-uy, ijarada yashab yurgani sababini quyidagicha izohladi.
- Yoshim 60 da. Ko‘p odamlar «O, mana bu odam aktyor-ku», deb menga havas qiladi. Kasbimga, ijodimga havas bilan qarashadi, lekin mening ichki dunyomdan nimalar o‘tayotganini hech kim bilmaydi. Bu narsa menga alam qiladi. Hovli-joyim bo‘lgan, 5-6 yil ichida harakat qilib uni yashaydigan holatga keltirdim. Hamma narsa qonuniy edi. Nima sabab bo‘ldi-yu, 6 yil deganda uyni qurib bitirib, qizimni turmushga chiqarib, to‘ydan keyin 3-kun, ya’ni «challari kuni» uyning «haqiqiy egasi» kelib turibdi, rus odam ekan. Menga buni o‘zbek odam sotgan edi, 63 yoshda edi, «uyimni qaytarib ber», degan mojaroni boshladi.

Sudga berdik. O‘sha paytda uy 42 ming dollarga baholandi. Yolg‘on ko‘rsatmalar evaziga sud u tomonga ishladi va men uysiz qoldim. Alamimdan temir lomni qo‘limga olib, uyda o‘zim ishlatgan, o‘zim xarajat qilgan barcha materiallarni mayda mayda qilib, chilparchin qilib chiqqanman. Sud menga soat 12 gacha chiqib ketishimni aytgan, men o‘sha paytda qonunni bilmaganim pand bergan, «Meni chiqarishga haqqing yo‘q», desam bo‘lar ekan, afsuski kech bo‘ldi, keyin bildim va foydasi yo‘q edi.

Chiqayotganimda aytganimdek, hamma narsani chilparchin qilib, «Bu uy hech kimga nasib qilmasin», deb, uyga tupurib chiqib ketdim. Aslida uyni yoqib yubormoqchi edim, yoqsam ham haqqim bor edi, o‘zim qurgan uy edi. Ammo uyning orqa tomonida masjid borligi va qo‘shnilarimga zarar yetmasin deb bu ishni qilmadim. Rossiyaning bir serialida rol o‘ynab, keyin yana bir-ikkita syomkalar orqali shu uyni qurgandim. Rossiya filmidan 18 ming dollar ishlaganman, 2008 yili edi. Uy menga nasib qilmagan ekan. Mana o‘shandan buyon ijarada yashayapman
, deydi Ma’ruf Otajonov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Aktyor Ma’ruf Otajonov 60 yoshida ijarada yashayotgani sababini ma’lum qildi (video)