06:56 / 13.07.2020
5 280

Gollivud filmlarida suratga tushishni rad etgan Bollivud yulduzlari

Gollivud filmlarida suratga tushishni rad etgan Bollivud yulduzlari
Butun dunyo kinosanoati vakillari Gollivudga intilgan bir vaqtda mazkur yulduzlarning rad javob berishiga nima sabab bo‘lgan? Quyida ushbu savolga javob beramiz.

Shohrux Xon

Foto: Getty Images
Bollivud qiroli, bir qancha mashhur va taniqli mukofotlarga sazovor bo‘lgan «Xarobadan chiqqan millioner» filmidagi Anil Kapur gavdalantirgan rolni ijro qilishdan bosh tortgan. Aktyor endilikda filmning muvaffaqiyatli chiqqanini e’tirof etsa ham, u vaqtda taklif qilingan rol unga to‘g‘ri kelmaydi deb o‘ylaganini bildiradi. Shohrux Xon bundan tashqari, «Munnaboy », «Bir kuni Hindistonda» singari omadli filmlarda suratga tushishni ham istamagan.

Dipika Padukone

Foto: Getty Images
Padukonega «Forsaj 7» filmida suratga tushish taklifi kelib tushgan, lekin u vaqtda «Ram va Lila» filmining suratga olish jarayoni bo‘layotgani sabab, aktrisa taklifni rad etishiga to‘g‘ri kelgan. Bu haqida gap ketganida u afsuslanmasligini, o‘sha vaqtda hammasini yarim yo‘lda tashlab keta olmagani sabab ham shunday qarorga kelganini, «Rim va Lila» filmidagi ijrosidan faxrlanishini bildiradi. Dipikaning Gollivuddagi debyuti, Vin Dizel bilan birga suratga tushgan «Uch Iks: Ksander Keyjning qaytishi» filmi hisoblanadi.

Irfan Xon

Foto: Getty Images
Aktyor sal qolsa, rejissyor Kristofer Nolanning «Intersteller» filmida rol ijro qilgan bo‘lardi, ammo bu rol amerikalik Mett Deymonga nasib qilgan.

Ritik Roshan

Foto: Getty Images
Aktyor, ish javalida bo‘sh vaqt bo‘lmagani sabab, Ayshvariya Ray rol ijro qilgan «Pushti pantera 2» filmida suratga tushish taklifini rad qilgan.

Priyanka Chopra

Foto: Getty Images
Bollivudning go‘zal va iste’dodli aktrisalaridan biri bo‘lgan Priyanka Chopra, boshqa loyihalar bilan band bo‘lgani sabab Gollivudning «Abadiylik» filmida rol ijro qilish taklifini rad etishiga to‘g‘ri kelgan.

Akshay Kumar

Foto: Getty Images
Akshay Kumar ham hamkasblaridan qolishmaydi. Aktyor Bollivuddagi rollariga diqqat qaratishni afzal bilib, «Qoya» filmida suratga tushishni istamagan.

Ayshvariya Ray

Foto: Getty Images
Cosmopolitan jurnali ma’lumotlariga qaraganda, aktrisa «Troya» filmidagi Briseda qahramonini gavdalantirishdan bosh tortgan. Bunga ssenariyga ko‘​ra Bred Pitt bilan ijro qilinishi kerak bo‘lgan sahnaning yoqmagani sabab bo‘lgan.

Manba: Daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Gollivud filmlarida suratga tushishni rad etgan Bollivud yulduzlari