21:41 / 14.07.2020
1 843

Madaniyat vaziri: Har oyning birinchi yakshanbasida muzeylarga kirish bepul bo‘ladi

Madaniyat vaziri: Har oyning birinchi yakshanbasida muzeylarga kirish bepul bo‘ladi
Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov AOKAda o‘tkazilgan brifingda sentabr oyidan boshlab har oyning birinchi yakshanbasida davlat muzeylariga kirish bepul bo‘lishini ma’lum qildi.

«2020 yil sentabr oyidan boshlab davlat muzeylarida har oyning birinchi yakshanbasida «ochiq eshiklar kuni» rejimini joriy qilish ko‘zda tutilmoqda. Bu kunlarda tashrif buyuruvchilarning muzeylarga bepul kirishlarini ta’minlash maqsadida amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish jarayoni bormoqda.

Bu masalada teatrlardagi ochiq eshiklar kunini misol tariqasida ko‘rsatish mumkin, ya’ni endi davlat muzeylariga belgilangan kunda aholini bepul kiritish tizimini yaratib, ularni tarixiy boy merosni o‘rganish uchun imkoniyat yaratilmoqda
», deya vazirning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz nashri.

Shuningdek, Madaniyat vaziri san’atkorlar haqidagi ma’lumotlarni jamlovchi yagona portal faoliyati yo‘lga qo‘yilishini bildirib o‘tdi.

- «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi hamda Axborot texnologiyalarni rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda qo‘shma qaror asosida yagona portal tashkil etiladi. Yagona portal tizimida mamlakatda faoliyat olib borayotgan san’atkorlarning barcha ma’lumotlari joylashtiriladi, dedi Ozodbek Nazarbekov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Madaniyat vaziri: Har oyning birinchi yakshanbasida muzeylarga kirish bepul bo‘ladi