5 583
Aziz Rametov Alisher Uzoqov uni qanday qilib bir o‘limdan saqlab qolganini gapirib berdi (video)
Foto: «Daryo»
Aktyor va rejissyor Aziz Rametov «Daryo» internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni «Daryo» muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi.
Aziz Rametov suhbat davomida Alisher Uzoqov hamda Yulduz Usmonovaning turmush o‘rtog‘i va prodyuseri Mansur Agaliyev uni s’yomkada bir o‘limdan saqlab qolgani haqida gapirib berdi.
- "Alisher akam bilan bolalikdan bitta teatrda katta bo‘lganmiz. Ertalabdan kechgacha birga bo‘lganmiz. Onalarini onamdek ko‘raman. Bitta rus serialida otda chopayotgan paytimiz, men harbiy oyoq kiyimda edim, u oyoq kiyim otning uzangisiga kirib qolsa, osonlikcha chiqarib bo‘lmas ekan.
Ot charchadimi, bilmadim, yerdagi toshga taqasi sirpandi, otni oyog‘i bir tomonga ketib qoldi, ot yiqilmasin deb men teskari tomonga o‘zimni tashladim. (Estrada-sirk kollejida tahsil olganman, otda harakatlanish bo‘yicha malakam bor edi.) Ot muvozanatini qayta saqlab oldi, men egarni ushlamoqchi bo‘ldim, qayta turib olaman deganimda, pastda xarsangtosh turgan ekan. Xarsangtoshga ot urilib o‘tdi, bo‘ynim suyagidan chiqib ketdi, zo‘rg‘a ushlab turibman, qo‘yib yuborsam ketadi, nafas ololmayapman.
«Aziz ushla», deb Alisher akam ot bilan chopib o‘tib, otni to‘xtatdilar. Shu payt Mansur akam (Kaskadyor guruhga javob berardilar) «Azizjon ukam», deb yig‘lab kelyaptilar. Alisher akam «Mansur aka bir nima qilin», deb yig‘layaptilar. Mansur akam, ratsiya bilan guruhdagi tabibni chaqirdilar. Tabib «hammasi yaxshi, bo‘yin kosasidan chiqqan deb», sekin kosasiga soldilar, keyin birdan nafas ola boshladim.
Yig‘lab turgan Mansur akam keyin koyib boshladilar: «ot yiqilsa yiqilsin edi, bo‘yningiz sinib ketishiga oz qoldi», dedilar. Baraka topishsin, Mansur akam, Alisher akam. O‘sha kaskadyor guruhiga ham rahmat deyman", - deydi Aziz Rametov.
Ma’lumot uchun, Aziz Rametov o‘zbek kino muxlislari orasida «O‘tov», «Yo‘l bo‘lsin», «Shabnam», «Arslon izidan» kabi filmlari va yuzlab video kliplari orqali mashhurlikka erishgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?
Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor?
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz"