2 768
Shavkat Mirziyoyev: «O‘zbek tomoshabini chet el teleseriallari ta’siriga tushib qolmasligi kerak»
Foto: Prezident matbuot xizmati
Shavkat Mirziyoyev 20 noyabr kuni «O‘zbekfilm» kinostudiyasiga tashrif buyurdi va shu yerda kino san’ati faxriylari, rejissyorlar, soha mutasaddilari bilan suhbatlashdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
«Kino juda murakkab, xalqimiz, jamiyatimiz uchun muhim soha. Ilgari ‘O‘zbekfilm’ studiyasi xaroba holga kelib qolgandi. Ko‘p joylari, binolari ijaraga berib yuborilgandi. Mana, hammasi o‘z egasiga — kinochilarga qaytarildi», — dedi Shavkat Mirziyoyev uchrashuvda.
Foto: Prezident matbuot xizmati
«Yetarli e’tibor bo‘lmagani sababli mamlakat kino san’atida turg‘unlik paydo bo‘lgan edi. Faqat yengil-yelpi, tijorat kartinalari yaratilib, soha rivoji dunyodan ortda qolib ketdi», — deyiladi Prezident matbuot xizmati axborotida.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Qayd etilishicha, keyingi paytlarda e’tibor va rag‘bat berilgani bois kinoasarlar mazmuni o‘zgardi. Xususan, «Imom Termiziy», «Islomxo‘ja», «Elparvar», «Qo‘qon shamoli», «101», «Ibrat» kabi tarixiy filmlar ishlandi.
«Oxirgi yillarda yaratilgan kinolarimizning soni kam bo‘lsa ham, ma’nosi bor. O‘zbek tomoshabini faqat chet el teleseriallari ta’siriga tushib qolmasligi kerak, aksincha, tariximiz, san’atimiz, adabiyotimiz, qadriyatlarimizni yaxshi bilishi, shu ruhda tarbiya topishi kerak», — dedi davlat rahbari.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
«Kino — tarbiyaning zamini. Bu ijodning maktabini ochishimiz kerak. Hozir mukammal filmlar yaratishga havasimiz bor, lekin sifatlisi kam. Yurtimiz tarixi haqida albatta film bo‘lishi kerak. Bunga vaqt keldi», — dedi Prezident. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim”
Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi
O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi?
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi (video)
Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi
Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi
Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi”