16:55 / 14.12.2020
5 563

Turk aktrisasi Fahriye Evjen tug‘ruqdan so‘ng qanday qilib vazn kamaytirish sirini ma’lum qildi

Turk aktrisasi Fahriye Evjen tug‘ruqdan so‘ng qanday qilib vazn kamaytirish sirini ma’lum qildi
Foto: «KinoTeka»
Turkiyalik taniqli aktrisa Fahriye Evjan tug‘ruqdan keyingi vazn yo‘qotish sirlari bilan bo‘lishdi, deb yozadi «RusTurkey.com». Ma’lum bo‘lishicha, aktrisa vazn yo‘qotish uchun tabletka va kremlardan foydalanmagan.

«Rostini aytsam, tug‘ruqdan keyin ozishga bo‘lgan dastlabki urinish ish bermadi. Tashqi ko‘rinishim ommaviy axborot vositalarida muhokamalarga ham sabab bo‘ldi. Shundan so‘ng o‘z ustimda ishlashni boshladim, meva-sabzavotlar iste’moli, parhez qilish, sport bilan shug‘ullandim».

Foto: «news.rambler.ru»
Aktrisaning so‘zlariga ko‘ra, tinimsiz urinishlarga qaramay, u avvalgi vaznga erishgan, ammo buning barchasi umuman boshqa holatlar tufayli amalga oshgan.

«Ortiqcha kilogrammlar haqida o‘ylashni to‘xtatgan vaqtim ham bo‘ldi. Bolaga g‘amxo‘rlik qilishning o‘zidanoq shu qadar charchar edimki, hatto ovqatlanish va uxlashni ham unutib qo‘yar edim. Shu yo‘sinda o‘z-o‘zidan ortiqcha kilogrammlar meni tark eta boshladi», − deydi aktrisa.

Foto: «KinoTeka»
Shuningdek, u tug‘ruqdan keyin ona tabiiy tarzda ozishini, ammo birdaniga vazn tashlashga harakat qilganlar farzandining asosiy ozuqasi hisoblangan sut sifatiga zarar yetkazishini ham qo‘shimcha qilgan.

«To‘g‘ri vazn yo‘qotish asta-sekin amalga oshirilishi kerak. Jamoatchilik fikri uchun vaznni keskin kamaytirishga shoshmaslik zarur. Buning uchun vaqtida ovqatlanish, ko‘proq harakatda bo‘lish, stressni shirinlik bilan yengmaslik va B vitaminiga boy ovqatlarni iste’mol qilish kerak», − deydi yulduz.

Ma’lumot uchun, Turkiyaning mashhur aktyori Burak O‘zchivitning turmush o‘rtog‘i Fahriye Evjen «Choli qushi» seriali orqali o‘zbek teletomoshabinlariga tanish.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Turk aktrisasi Fahriye Evjen tug‘ruqdan so‘ng qanday qilib vazn kamaytirish sirini ma’lum qildi