Foto: «Kinoteka.com»
Hayotini sir saqlashni afzal biluvchi Okan Yalabikning shaxsiy hayotida o‘zgarish yuz berdi. Ancha vaqtdan beri bo‘ydoq bo‘lgan Yalabik yozuvchi, teatr tanqidchisi, kostyumlar dizayneri Ezgi Ayvali bilan uchrashishni boshladi. Bu haqda «Kinoteka.com» xabar beradi.
Aktyor oilasining do‘sti bo‘lgan Ezgi tez-tez ularnikiga mehmonga borib turgan. Ular o‘rtasidagi munosabatlar Yalabikdan 12 yosh kichik bo‘lgan Ayvalining birgalikda tushgan fotosi bilan bo‘lishganidan keyin ma’lum bo‘lgan. Aktyor suratga birinchi bo‘lib layk bosgan.
Foto: «Kinoteka.com»
Tanishganidan uch yil o‘tib juftlik turmush qurishga qaror qilgan, deyiladi xabarda.
Aktyor Ibrohim poshsho rolini ijro qilgan «Muhtasham yuz yil» seriali 50 dan ortiq mamlakatda efirga uzatilgan bo‘lib, u eng yaxshi erkak ijrochi sifatida taqdirlangan.
Ishtirokidagi 30 dan ortiq loyihalar ichida «Mening sevgim», «Vatanim sensan» kabi esda qolarli seriallar bo‘lgan Okan Yalabik ayni vaqtda «Doktor Xaus»ning turkcha remeyki «Hekimoglu» nomli serialda suratga tushmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
O‘zbekistonda 30 aprel kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi