Foto: Madaniyat vazirligi matbuot xizmati
Xorazmlik taniqli hofiz, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Rahmatjon Qurbonov 17 yanvar, yakshanba kuni 62 yoshida vafot etdi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.
Ustoz san’atkorning farzandi mazkur noxush xabarni tasdiqlarkan, «Otamning vafotiga biror jiddiy kasallik yoki koronavirus sabab bo‘lgani yo‘q, ular to‘satdan hayotdan ko‘z yumdi», — dedi.
Ma’lumot uchun, Rahmatjon Qurbonov 1959 yil 20 sentabrda Xiva shahrida san’atkor oilasida tavallud topgan. Otasidan o‘zbek cholg‘u asboblarini chalish va mumtoz qo‘shiqlarni ijro etish uslublarini o‘rgangan. U Xivadagi Matyoqub Xarratov nomidagi musiqa bilim yurti hamda O‘zbekiston davlat Konservatoriyasining vokal va maqom bo‘limida o‘qigan. Buyuk san’at darg‘alari — Nasim Hoshimov, Halima Nosirova, Saodat Qobulovalarning sevimli shogirdlari qatoridan joy olgan.
Uzoq yillar Toshkent shahrida samarali faoliyat yuritib, «Lazgi» ansambliga rahbarlik qilgan. Bir necha risolalar, kitoblar, o‘quv qo‘llanmalar muallifi sifatida ham tanilgan. Rahmatjon Qurbonov hozirga qadar O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Xorazm viloyati bo‘linmasi direktori vazifasida faoliyat yuritayotgan edi.
Ijodkorning fidoyi mehnatlari munosib taqdirlangan — «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist», «Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist» faxriy unvonlari hamda «Mehnat shuhrati» ordeniga sazovor bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi