
Qarshi shahrida 20 mart kuni tashkil etilgan Navro‘z umumxalq saylida Qashqadaryo viloyati hokimi Zoir Mirzayev G‘ilon qishlog‘idan bo‘lgan rassomning asarlarini sotishga yordam berdi.
Qashqadaryoga oid voqealar yoritib boriladigan Telegram kanalda taqdim etilgan videoda viloyat hokimining foto asarlarni atrofdagilarga ko‘rsatayotgani ko‘rish mumkin.
— Shukhrat (@bankir2102) March 21, 2021
«Rassom amakini ham tojik tilida ‘Dasti boboi hokim sabuk omad’ (Menimcha, hokim boboning qo‘li yengil keldi, degani) deb hamrohlariga jilmayishi, mamnunligi bayram ko‘rgazmasiga kelib, pul ishlab ketishi xayoliga ham kelmaganidan darak edi», — degan viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari Ahror Sodiqov.
Eslatib o‘tamiz, koronavirus pandemiyasini inobatga olgan holda O‘zbekistonda Navro‘z umumxalq bayrami tadbirlari karantin qoidalariga amal qilgan holda mahallalarda tashkil etiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar