
«Qadam» serialidagi Kumush obrazi bilan tomoshabinlar e’tiboriga tushgan aktrisa Kamila Gimandinova YouTube kanallardan biriga bergan intervyusida taniqli aktyor va rejissyor Said Muxtorovning unga nisbatan nojo‘ya xatti-harakatlari haqida so‘zlab berdi.
«Men u bilan birga ishlaganman, uning kinolarida men ommaviy sahnalarda suratga tushganman. Eng qizig‘i u mening bobom tengi. Men o‘shanda 14 yoshda bo‘lsam, u esa 50 yoshdan oshgan edi. O‘sha voqeadan keyin men bu sohadan ketgandim, hech qachon qaytmayman, deb o‘ylagandim. Bu voqea ‘O‘zbekfilm’da bo‘lgan.
U niyatiga erisha olmagan, sumkam bilan yuziga urib qochib ketganman. U buvimni va dadamni juda yaxshi tanirdi. Buvim meni unga ishonardi. U inson haqida fikrimiz yaxshi edi», — deydi aktrisa. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar