date
views 5 065

Xush kelding qalbimga, mohi Ramazon!

Xush kelding qalbimga, mohi Ramazon!
Qishning qoq chillasin oqligini ber,
Shabnam tarovatin ber menga, Alloh.
Saratonning avji kamolotini,
Xazon halovatin ber menga, Alloh.

Yaldo kechasining sabrini bergin,
Kunlarning avvalin xurramligin ber.
Oftobing avjlangan kungi xush nasim,
Tiyramoh qushlarin birdamligin ber.

Hikmating charxida aylangan kunlar
Sobir qullaringni etmishdir so‘zon.
Assalomu alaykum, Laylatul qadr,
Xush kelding qalbimga, Mohi Ramazon!

Husan Karvonli,
“Ma’rifat” gazetasi bosh muharriri

Manba: Azon.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Xush kelding qalbimga, mohi Ramazon!