13:07 / 30.07.2021
10 212

Xonanda Imron Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan nikoh oqshomiga kliplardagi doimiy hamkori, aktrisa Durdona Qurbonovani taklif qilmaganiga izoh berdi.


Foto: «Daryo»
Imron bu haqida «Daryo» muxbiri Feruz Muhammadga bergan intervyusida ma’lum qildi.

- "Men juda ko‘p yaqinlarimni to‘yga ayta olmadim. Toshkent shahriga kelganimga 14-15 yil bo‘lgan bo‘lsa, bu yil ichida meni yuztagina tanishim bo‘lmaydi. Qancha yaqinlarim bor, ammo ularning ko‘pchiligini to‘yga ayta olmadim. Ularning hammalari meni to‘g‘ri tushunyapti. Kimnidir ayta olmay qolgan bo‘lsam, «osh qilib beraman», deyapman, osh qilib beryapman ham.

Ishoning, ko‘pchilik gina qilayotganlar, o‘zlari ham bizni to‘ylariga aytishmagan. Bir gap bilan shunday mazmundagi savollarga nuqta qo‘ymoqchiman. To‘yimda ammalarim, amakilarim, xolalarim ham yo‘q edi. Karantin vaziyatidan kelib chiqqan holda buxoroliklar uchun Buxoroda karantin talablariga to‘la rioya qilgan holda to‘y qildik. Ortiqcha gap-so‘zlar ko‘paymasligi uchun to‘yni ham soat 20:00 da tugatganmiz.

Ayolim Durdona Qurbonova bilan hamkorligimizni juda yaxshi tushunadi. Umuman u shou-biznesni juda yaxshi tushunadi. Kasbimni yaxshi bilgani uchun qizlar bilan bog‘liq ortiqcha savollar ham bermaydi. Ilohim oxirigacha shunday, bo‘lsin.

Hech kim hech kimni kimdir qilib qo‘ya olmaydi. Hamma narsaga Alloh sababchi. Xalqimiz bizni partnyor sifatida qabul qilishdi. Imron deganda Durdona, Durdona deganda Imronni ko‘rishdi. Viloyatlarda xizmatlarda yurganimizda «Durdonaga uylanadi», deb o‘ylab duolar qilishdi.

Hamisha biror qo‘shiq ijro qilganimizdan so‘ng YouTube tarmog‘iga joylashtiraman. Agar ushbu qo‘shig‘imiz qisqa furqsatda million marotaba tinglansa, albatta, unga video klip suratga olamiz. «Yomon qiz» qo‘shig‘imiz Durdona Qurbonovagacha xit emas, mega xit darajasiga chiqqan edi. Video klip televideniyega o‘tmagani uchun qayta klip olgandik. U klipni ham juda yaxshi kutib olishdi.

«Ko‘rmasam bo‘lmas» qo‘shig‘ining o‘zi 10 million marotaba muxlislar tomonidan tinglangan. Bu qo‘shiq ham video klipgacha ommalashgan edi. Klipimiz rekordni ham yangilagan. Allohga shukr.

Agar Durdona Qurbonova menga ma’qul kelmasa, uni klipga olib nima qilardim, menga uni zarari tegadigan bo‘lsa, unga pul berib, klipimda o‘ynatib nima qilardim.

U bilan ijodimizni yaxshi kutib olishgani uchun ham ketma-ket uchta loyihada birga ishlaganmiz. Durdona ba’zida menga salom bermay o‘tib ketadi yoki men uni ko‘rmay o‘tib ketishim mumkin. U bilan ijodiy hamkorlikdan bo‘lak yaqinligimiz yo‘q.

Durdona bilan hali qiladigan ishlarimiz ko‘p, ijodiy hamkorliklarimiz ko‘p. Birin-ketin kutilganda yoki kutilmaganda birgalikdagi loyihalarimiz chiqadi", - Imron.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Xonanda Imron Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan nikoh oqshomiga kliplardagi doimiy hamkori, aktrisa Durdona Qurbonovani taklif qilmaganiga izoh berdi.