18:38 / 12.08.2021
7 051

34 nafar qizni asrab olgan hamda 41 yoshida baxtini topgan Priti Zinta haqida

34 nafar qizni asrab olgan hamda 41 yoshida baxtini topgan Priti Zinta haqida
Foto: Pinterest
Yonoqlarida kulgichi bor aktrisa Priti Zinta o‘zbek tomoshabinlariga «Vir va Zara», «Biz yolg‘iz emasmiz», «O‘tkinchi dunyo» va boshqa mashhur filmlar orqali tanish. Aktrisa haqida ko‘pchilikka ma’lum bo‘lmagan qiziqarli faktlarni e’tiboringizga havola etamiz.

Priti Zinta karerasini 1998 yilda «Bir qarashda muhabbat» kartinasida epizodik roldan boshladi va tez orada Bollivudning eng yaxshi aktrisalaridan biriga aylandi. Priti Zinta 1975 yil 31 yanvarda Shimla shahrida tug‘ilgan. Uning otasi Durganand Zinta hind armiyasining faxriysi bo‘lgan. U Priti endigina 13 yoshga kirganda avtohalokatda vafot etgan. Onasi Nilprabxa ham baxtsiz hodisadan aziyat chekdi va ikki yil yotoqda yotdi. Pritining ikkita aka-ukasi bor: Dipankar va Manish.

Foto: Pinterest
Priti maktabda juda yaxshi o‘qigan va sportni, ayniqsa, basketbolni yaxshi ko‘rgan. O‘rta maktabni tugatgach, u kollejga o‘qishga kirdi va ingliz tili bo‘yicha imtiyozli diplom oldi. Keyin u Nyu-Dehlida jinoyat psixologiyasi aspiranti bo‘ldi. U katta ekranda debyut qilishidan oldin ham reklamalarda rol o‘ynagan. Birinchisi bu «Perk» shokoladlari, keyin «Liril» sovunining eng mashhur reklamasi edi.

Darhaqiqat, uning Bollivudda imzolangan birinchi loyihasi «Ta Ra Ram Pum» deb nomlangan bo‘lib, u nafaqat Pritining, balki Ritik Roshanning debyuti ham edi. Biroq film to‘xtatilgan va hech qachon suratga olinmagan. Priti va Ritikning debyutini jonlantira olmagan rejissyor Shekxar Kapur yosh aktrisani «Bir ko‘rishda muhabbat» filmiga tavsiya qilgan. Shundan keyin mazkur kartina uning birinchi filmiga aylandi.

Foto: Pinterest
Shu bilan bir qatorda, Priti Janubiy Hindistonning ikkita filmida rol o‘ynadi: «Bombeydan kuyov» va «Shahzoda No1». Ikkalasi ham telugu tilida. Aynan o‘sha paytda 23 yoshli Priti va 53 yoshli rejissyor Shekxar Kapur orasida ishqiy munosabat bo‘lgan. Ammo ular buni yashirgan, lekin Shekxarning rafiqasi Suchitra Krishnamurti erining xiyonatiga chidashni xohlamagan.

Foto: Pinterest
Rejissyor uzoq vaqt nikohni saqlab qolishga umid qildi, lekin afsuski, bir necha yildan keyin uning rafiqasi ajrashish uchun ariza berdi. Shekxar Kapurning oilasi buzilishiga Priti sababchi degan mish-mishlar ham bor.

Foto: Pinterest
Priti, shuningdek, model Mark Robinson va aktyor Lars Keldsen bilan ham yaqin munosabatda bo‘lgan. 2005 yilda u tadbirkor Ness Vadiya bilan tanishgan va o‘z sevgisini topganday tuyilgan. Biroq ularning munosabatlari ham ajrim bilan yakun topgan.

Foto: Pinterest
2009 yilda Priti Rishikeshdagi bolalar uyidan 34 nafar qizni asrab oldi. U qizlarga g‘amxo‘rlik qildi, o‘qishlari uchun pul to‘ladi va ularning barcha ehtiyojlarini ta’minladi.

2016 yil 29 fevralda, 41 yoshida Priti Los-Anjelesda juda kamtarona to‘y qilib, o‘zining amerikalik do‘sti Jin Gudenafa bilan turmush qurdi. Nikohdan keyin aktrisa AQSHga ko‘chib ketgan bo‘lsa-da, Hindistonga tez-tez tashrif buyurib turadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » 34 nafar qizni asrab olgan hamda 41 yoshida baxtini topgan Priti Zinta haqida