20:55 / 28.08.2021
2 508

Kim Kardashyan Kane Uestning shousida to‘y libosida paydo bo‘ldi (video)

Kim Kardashyan Kane Uestning shousida to‘y libosida paydo bo‘ldi (video)
Amerikalik reper Kane Uest yangi Donda nomli albomining sharafiga uchinchi shousini taqdim etdi. So‘nggi tadbir Chikagodagi Soldier Field stadionida bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi «Korrespondent.net».

Keng ko‘lamli dekoratsiya va maxsus effektlardan tashqari, tomoshabinlar No Child Left Behind qo‘shig‘i ijro etilayotgan vaqtda sahnaga Kanening sobiq turmush o‘rtog‘i Kim Kardashyan chiqib kelganidan hayratga tushdi.

Ijtimoiy tarmoqlar yulduzi Balanciaga Couture to‘y libosi va oq fatada ko‘rinish bergan. U astalik bilan qo‘liga Injilni ushlagan holda tabassum qilib turgan Kane tomon yurgan.

Mazkur holat sabab ularning muxlislari ikki yulduz yana qayta topishganini taxmin qilmoqda, ammo TMZ’ning insayderlari ushbu ma’lumotlarni rad etgan. Ularning ma’lum qilishicha, shu orqali Kim sobiq turmush o‘rtog‘ini qo‘llab-quvvatlashini ko‘rsatmoqchi bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Kim Kardashyan Kane Uestning shousida to‘y libosida paydo bo‘ldi (video)