Jerar Depardye O‘zbekiston haqidagi filmda bosh rolni ijro etdi

Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida mashhur fransuz rejissyori Arno Frile suratga olgan “Mening o‘zbekcha tushim” filmi namoyish etildi. Bu haqda Kinematografiya agentligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Kinokartinada bosh rolni taniqli aktyor fransuz aktyori Jerar Depardye ijro qilgan.
Filmda uning bosh qahramoni O‘zbekistonning turli mintaqalari, viloyat va shaharlarida bo‘ladi. Ko‘hna me’moriy obidalar, bozorlar, qadimiy shaharlarni kezadi. Mamlakatning har bir hududidan uning o‘zigagina xos bo‘lgan madaniyati bilan tanishadi.
Namoyishdan oldin film ijodkorlari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Jerar Depardye uchrashuvda O‘zbekistonga avval ko‘p bora kelgani va safarlaridagi xotiralari bilan bo‘lishdi. Shuningdek, kinofestivalga taklif etilgani uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Izohlar 0
…