1 797
Mashhur qo‘shiqchi Adel 2015 yildan buyon birinchi bor yangi qo‘shig‘ining tizerini taqdim etdi
Britaniyalik mashhur qo‘shiqchi Adel ijtimoiy tarmoqlar orqali o‘zining so‘nggi olti yil ichidagi birinchi qo‘shig‘i — Easy One Me’ning tizerini e’lon qildi, deb xabar beradi Esquire.
Striming platformalarda qo‘shiq 15 oktabr kuni paydo bo‘ladi. Adelning yangi qo‘shig‘i 21 soniyali oq-qora klipda namoyish etilgan bo‘lib, unda xonanda trek nomi yozilgan kassetani avtomobil magnitolaga soladi va qishloq orasidan o‘tgan yo‘l bo‘ylab harakatlanadi. Shundan so‘ng, fortepiano ovozi jaranglaydi, mashinadan esa nota varaqlari uchib chiqadi.
Shuningdek, Adel ijtimoiy tarmoqlardagi avatarini feruza rangli tasvirga almashtirgan. BBC’ning yozishicha, butun dunyo bo‘ylab 30 raqami tushirilgan bilbordlar ham paydo bo‘ladi, aftidan bu taqdim etiladigan albomning nomi. Qo‘shiqchining bundan oldingi barcha albomlari («19», «21» va «25») uning uchun o‘tish davri bo‘lgan yosh sharafiga nomlangan.
Hozirda 33 yoshda bo‘lgan Adel uch yil oldin turmush o‘rtog‘i Saymon Koneski bilan ajrashgan edi. Yaqinda u Instagram orqali amerikalik sport agenti Rich Pol bilan munosabatlarini bilvosita tasdiqlagan.
Ma’lumot uchun, 2015 yilda Adel o‘zining «25» nomli uchinchi albomini taqdim etgandi. «Gremmi» mukofotining 59-topshirish marosimida u eng yaxshi albom va vokalli eng yaxshi pop-albom deya tan olingan. Shuningdek, Hello qo‘shig‘i ijrochiga «Yilning eng yaxshi qo‘shig‘i» kabi qator yo‘nalishlarda mukofotlarni olib kelgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi