Ridli Skott «Gladiator» filmining davomini suratga olishga qaror qildi

Ridli Skott «Gladiator» filmining davomini suratga olishga qaror qildi
Foto: People Talk
2000 yil premerasi bo‘lib o‘tgan «Gladiator»ning rejissyori Ridli Skott kartinani davomini suratga olmoqchi ekanini bildirgan. U Xoakin Feniks ishtirokidagi Napoleon haqidagi filmni yakuniga yetkazganidan keyin ishga kirishmoqchi.

Empire nashriga bergan intervyusida Skott sikvel ustida allaqachon ish boshlab yuborganini ma’lum qilgan. Ta’kidlanishicha, syujetda haqiqiy voqealardan 25-30 yil keyingi davrni ko‘rish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 5 karra «Oskar» bilan taqdirlangan «Gladiator»ga tanqidchilar tomonidan yuqori baho berilgan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar