3 302
Qo‘shiqlari bilan millionlab qalblarni zabt etgan turk xonandasi Tarkanning hayoti va ijod yo‘li (foto)
Foto: «Domashniy ochag»
Shirali ovozi, mahorati va tashqi ko‘rinishi bilan muxlislar qalbidan joy olgan turk xonandasi Tarkan 17 oktabr kuni 49 yoshni qarshiladi.
Xonanda 1972 yilda kelib chiqishi turklardan bo‘lgan Germaniyadagi ko‘p farzandli oilada dunyoga kelgan. Onasi Neshe unga homiladorlik vaqtida avtohalokatga uchrab, bir oy davomida komada bo‘lgan. Bolaning hayoti xavf ostida deb hisoblagan shifokorlar homilani oldirib tashlashni maslahat bergan. Ammo otasi Alibey boshida yulduzi bor bolakayni tushida ko‘rib, nima bo‘lsa ham o‘g‘li dunyoga kelishi kerak deb hisoblaydi. Shifokorlarning xavotiriga qaramay bola sog‘lom tug‘iladi. Onasining so‘zlariga ko‘ra, Tarkanning yig‘isi kuchliligidan hamshiralardan biri uni kelajakda xonanda bo‘lishini taxmin qilgan, hatto. Bolakayga Husametin Tarkan deb ism qo‘yiladi. Husametin «o‘tkir qilich» ma’nosini anglatadi.
Foto: «Domashniy ochag»
Onasi tomonidan Tarkanning qo‘shiqchi qarindoshlari bisyor bo‘lgan, xonadonlarida esa hamisha musiqa yangrab turgan. Shuning ta’sirida bo‘lsa kerak, yosh Tarkanda san’atga qiziqish paydo bo‘la boshlagan va ota-onasi o‘g‘lining musiqa borasidagi qobiliyatiga e’tibor bermay qolmagan. Uni qo‘llab-quvvatlash maqsadida shu yo‘nalishda ta’lim olishini ma’qul deb bilishgan. 1986 yil Germaniyadan Istanbul yaqinidagi Karamursel shahriga ko‘chib kelganidan keyin Tarkan musiqa bilan shug‘ullana boshlagan.
Foto: «Domashniy ochag»
18 yoshida Istanbul tomon yo‘l olgan bo‘lajak xonanda muhandislikka o‘qimoqchi bo‘ladi. Ammo nima ham bo‘ladi-yu musiqiy akademiyaga qabul qilinadi. Moddiy yetishmovchilik sabab choyxona, restoran va to‘ylarda ishlab pul topishiga to‘g‘ri keladi. Akademiyani 1992 yilda tamomlaydi. Bu vaqtda kursdoshi Alpay Aldin bilan birga birinchi albom ustida ishlay boshlaydi. U musiqani Alpay esa so‘zlarini yozadi. 1992 yilda «Yana sensiz» nomli ilk albomini taqdim qiladi. Unda turkcha milliy va yevropacha pop musiqani o‘zida mujassam qilgani uning mashhurlikka erishishiga sabab bo‘ladi. Albom 700 ming nusxada sotiladi, Tarkan esa yulduzga aylanadi.
Foto: «Domashniy ochag»
Zabt etilgan Istanbul, Nyu-York va Yevropa
1994 yilda ikkinchi «Ajoyibsan» nomli albomini taqdim qiladi. Undan Sezen Aksu tomonidan yozilgan ikkita qo‘shiq o‘rin olgan. «Hepsi Seninmi?!», «Mama Shikadam» singari qo‘shiqlar nafaqat Yevropa, balki O‘zbekistonda ham mashhurlikka erishgan. Muvaffaqiyatga erishganidan keyin Tarkan Amerikaga jo‘nab ketgan. U yerda Nyu-York kollejida o‘qish bilan birga ingliz tilini mukammal o‘rganmoqchi bo‘ladi. Fursatdan foydalanib ingliz tilidagi ilk albomi tayyorlashga kirishadi, ammo taqdir taqozosi bilan ushbu ijod mahsuli 10 yil o‘tibgina taqdim qilinadi. Xonanda AQSHdan qaytganidan keyin Yevropani zabt etishga kirishadi.
Foto: «Domashniy ochag»
1997 yilda uchinchi «O‘lurum sana» albomi taqdim qilinadi. Albom Yevropa va Meksikada mashhurlikka erishadi. 90 yillar oxirida Tarkan «Eng muvaffaqiyatli turk san’atkori» sifatida World Music Awards mukofotiga sazovor bo‘ladi, Universal Music Group bilan shartnoma imzolaydi.
Harbiy xizmat, villadagi hayot
Foto: «Domashniy ochag»
Foto: «Domashniy ochag»
Tarkan harbiy xizmatga unchalik oshiqmagan. Ammo baxtsiz tasodif u uchun ayni muddao bo‘lgan. 1999 yil Turkiyaning Izmir shahrida kuchli zilzila sodir bo‘lgan. Uning oqibatlarini bartaraf qilish uchun hukumat tomonidan maxsus qonun qabul qilingan. Unga ko‘ra armiyada xizmat qilish 6-12 oydan 4 haftagacha qisqartirilgan. Buning uchun jabrdiydalar uchun ochilgan fondga 16 ming dollar miqdorda mablag‘ xayriya qilish kerak bo‘lgan. Tarkan bu imkoniyatdan samarali foydalangan. U shunchaki kerakli mablag‘ni to‘lashning o‘zi bilan cheklanmagan, armiyaga ketishdan oldin Istanbulda xayriya konserti bergan. Tarkan musiqiy karerasini davom ettirish bilan birga reklama biznesida ham o‘zini sinab ko‘radi. 2001 yilda u Pepsi’ning Turkiyadagi yuzi bo‘ldi.
2002 yilgi jahon chempionatida Turkiya terma jamoasi uchun «Bir Ölürüz Yolunda» nomli qo‘shiq kuylagan. Keyinroq o‘z nomi bilan atalgan kosmetik brendga asos solgan. So‘nggi «10» nomli albomi 2017 yilda taqdim qilingan.
Foto: «Domashniy ochag»
2016 yilda Tarkan 5 yildan buyon munosabatda bo‘lgan Pinar Dilek bilan turmush qurgan. Tarkandan 14 yosh kichik bo‘lgan qiz uning ashaddiy muxlisalaridan biri bo‘lgan.
Foto: «Domashniy ochag»
2018 yilda u Instagram sahifasiga yangi tug‘ilgan qizi Liyaning suratini joylagan.
Foto: «Domashniy ochag»
Otalik baxtidan masrur xonanda bugungi kunda Istanbuldagi villasida oilasi bilan birga hayot kechiradi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?