17:13 / 22.11.2021
4 101

Bir-biriga ikki tomchi suvdek o‘xshaydigan mashhur aktyor va aktrisalar (foto)

Bir-biriga ikki tomchi suvdek o‘xshaydigan mashhur aktyor va aktrisalar (foto)
Tashqi ko‘rinishi shunchalik o‘xshashligidan ko‘pchilik adashtiradigan shou-biznes vakillari haqida Grazia nashri ma’lumot beradi.

Kira Naytli va Natali Portman

Foto: Grazia
Natali Portmanga shunchalik o‘xshaganidan Kira Naytli «Yulduzlar jangi»da uning qiyofadoshi rolini ijro qilgan. Hatto, suratga olish maydonchasida ham ularni bir-biri bilan adashtirishgan, ammo aktrisalar buni hazil bilan qabul qilgan. Bugungi kunda har biri kinosanoatda o‘z o‘rnini topgan yulduzlarni, muxlislar allaqachon bir-biri bilan taqqoslamay qo‘ygan.

Jennifer Garner va Hilari Suonk

Foto: Grazia
Hillari Suonk bergan intervyularidan birida uni hamisha Jennifer Garner bilan adashtirishlarini ta’kidlagan. «Ko‘chada bir erkak yonimga kelib, unga mening «Dallas xaridorlar klubi» filmidagi rolim juda ham yoqqani aytdi». Ammo u rolni men emas, Jennifer ijro qilgan», — degan.

Kris Payn va Ien Somerxolder

Foto: Grazia
Har ikki Gollivud yulduzi ham moviy ko‘z, qora sochlar va o‘ziga xos yuz shakliga ega. Aynan shu sabab ham muxlislar ularni aksariyat hollarda bir-biri bilan adashtiradi.

Keti Perri va Zoi Deshanel

Foto: Grazia
Keti Perri va Zoi Deshanelning o‘rtasida ham o‘xshashliklar bisyor. «Biz Keti bilan u dunyoga mashhur bo‘lishidan avvalroq tanishganmiz. Albatta biz tashqi ko‘rinishimizdagi o‘xshashlikni darhol payqaganmiz. Keti juda ham yoqimtoy qiz bo‘lib chiqdi va men bunday taqqoslashdan mamnunman, hatto», — degan Zoi.

Margo Robbi va Jeymi Pressli

Foto: Grazia
Presslining bundan 10-15 yil avval olingan suratlariga nazar tashlab, uning Margo Robbiga quyib qo‘ygandek o‘xshashidan yoqa tishlash mumkin. Yuz shakli, qoshlar, ko‘z va sochlar ham bir xil.

Zoi Saldana va Tendi Nyuton

Foto: Grazia
Intervyulardan birida Zoi, uni hatto onasi ham aktrisa Tedi Nyuton bilan adashtirishini ma’lum qilgan. Uning qo‘shimcha qilishicha, onasi efirga uzatilayotgan Tendi ishtirok etgan serialda qizini rol ijro qilgan, deb o‘ylagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Bir-biriga ikki tomchi suvdek o‘xshaydigan mashhur aktyor va aktrisalar (foto)