Madaniy meros agentligi xabariga ko‘ra, muzeylar qonunchilikda taqiqlanmagan hamda qonunning 24-moddasida nazarda tutilgan muzeylarni tashkil etish maqsadlariga mos bo‘lgan faoliyat turlarini o‘z ta’sis hujjatlariga muvofiq amalga oshirishi mumkin. Bunda muzeylar tomonidan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarining but saqlanishi ta’minlanishi kerak.
Davlat muzeylariga pulli xizmatlar ko‘rsatishdan, xayriyalardan va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalardan kelib tushadigan mablag‘lar kelgusi yil uchun budjetdan moliyalashtirish hajmini belgilashda hisobga olinmaydi hamda ushbu mablag‘lar hisobiga budjetdan moliyalashtirish miqdori kamaytirilmaydi. Bunda, ko‘rsatilgan mablag‘lardan davlat muzeylarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, ilmiy salohiyatini oshirish va ularni targ‘ib qilish hamda qonunchilikda belgilangan boshqa maqsadlar uchun foydalanish nazarda tutiladi.
Amaldagi «Muzeylar to‘g‘risida»gi qonunda (2008 yil) muzeylar notijorat madaniyat muassasasi ekanligi belgilangan. Bu, o‘z navbatida, muzeylarning pulli xizmatlar ko‘rsatishi va boshqa tijorat faoliyatini amalga oshirishiga ta’sir ko‘rsatayotgan.
Ma’lumot uchun, hozirda 124 ta muzey faoliyat olib bormoqda, shundan 116 tasi davlat va 8 tasi nodavlat muzey hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»