23:40 / 08.12.2021
4 392

Хonanda Muhammadkarim Soipov 58 yoshida vafot etdi

Хonanda Muhammadkarim Soipov 58 yoshida vafot etdi
1990 yillarda «Voy alamjon», «Oq bo‘yra» kabi qo‘shiqlari bilan mashhurlikka erishgan xonanda Muhammadkarim Soipov 58 yoshida vafot etdi. Bu haqda «O‘zbekkonsert» DM matbuot xizmati ma’lum qildi.

«O‘zbekkonsert» matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, sohir ovoz sohibi, xushovoz xonanda Muhammadkarim Soipov bugun vafot etgan.

Ma’lumot uchun, Muhammadkarim Soipov 1963 yil Qirg‘izistonning O‘sh shahrida tavallud topgan. Xonanda «Voy alamjon», «Oq bo‘yra», «Qaydadur», «Dutorim», «Tashna hislar» singari qo‘shiqlari bilan muxlislar qalbidan joy olgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Хonanda Muhammadkarim Soipov 58 yoshida vafot etdi