Ayni kunlarda xususiy telekanallarda efirga berilayotgan dastur, kino va reklamalar ko‘plab tanqidiy fikrlarga sabab bo‘lmoqda. Lekin aholi tomonidan qanchalik e’tirozlar bildirilmasin, xususiy telekanallar hech narsa bo‘lmagandek, ko‘r-ko‘rona ish yuritishmoqda. Yaqinda ZO`R TV telekanalida efirga berilgan konsert dasturida soqolli yigitlar va ro‘molli qizlarning yuzi xiralashtirib ko‘rsatilgan.
Odatda, televideniyeda biror ayb bilan qo‘lga tushirilgan jinoyatchilarning yuzi jimirlatib ko‘rsatiladi. Yuzi xiralashtirilgan kishilar jinoyatchilarmi? Yoki xususiy telekanallarga soqolli va ro‘mollilarni ko‘rsatmaslik haqida degan topshiriq bormi?
Bunga aniqlik kiritish maqsadida ZO`R TV telekanali xodimlari bilan bog‘landik. Bizga o‘zini tanishtirishni istamagan telekanal xodimi «bu bizning ichki qoidamiz, hech bir dasturlarimizga soqolli yigitlarni va ro‘molli qizlarni chiqarmaymiz. Hatto u konsert jarayonida tomoshabinlar zalida o‘tirgan bo‘lsa ham», deb javob berdi.
Qiziq, telekanallarimizda ma’naviyatimizga, axloq-odobga zid filmlar, sahna ko‘rinishlari ketsa mayli ekan-u, soqoli bor odam yoki ro‘moli bor ayolning ko‘rsatilishi taqiqlanar ekan...
Nahotki soqol o‘stirish yoki ro‘mol o‘rash shunchalik qo‘rqinchli yoki uyatli ish hisoblansa?!
Nega ZO`R TV kanali soqolli va ro‘mollilardan buncha qo‘rqadi? Buning o‘rniga efirga berayotgan ko‘rsatuvlarni saviyasini to‘g‘rilasa bo‘lmaydimi?
Nurbek G‘ofurov
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas