Xonanda Kozim Qayumov «Birzum tv» YouTube-kanaliga bergan intervyusida O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning e’tiboriga tushgani haqida so‘zlab berdi.
«Bu qo‘shiqlarni aytish uchun hayotning quvonchlarini, tashvishlarini ko‘rish kerak ekan. Nega buni gapiryapman? ‘Sayding qo‘yaber sayyod’ degan ashulani aytishga 4 marta harakat qilganman. Bir yoshligimda harakat qilib ko‘rdim, yana 5-6 yildan keyin urindim, lekin dilimda yurdi. Oxiri mana, uylandim, farzandli bo‘ldim. Hayotning achchiq-chuchuklarini ko‘rdik. Ish joylarim o‘zgarib ketdi, insonlar bilan ko‘rishasiz, kimdir sizga yaxshi ko‘z, yaxshi niyat bilan qaraydi, yana kimdir boshqacha – bu hayot va shundagina ashulani aytganimdan keyin qolipiga tushdi.
Shu qo‘shiqni aytganimda ko‘rib qolib, Islom aka mana, men sizlarga nimani aytgandim, milliy estrada deb shuni aytganman, shunaqa yo‘nalishda bo‘lsin bizning estradamiz, degan ekanlar.
Bir payt televideniye raisi meni tabriklayman deb turibdi, hayronman. Oddiygina konsert, har oyda, har o‘n besh kunda bo‘ladigan konsert. Boshqalar ham tabriklayman deb ketdi. Ha endi, yoqibdi, shekilli, dedim-qo‘ydim.
Ertasi kuni birdan chaqirishdi televideniyega, yakkaxon konsert dasturini yozamiz deb. Bir payt Larisa Inozemsova degan o‘tkir, usta rejissyorimiz bo‘lardi, o‘zbek tilini yaxshi bilardi. Larisa opa, men tushunmayapman, nega hamma konsertlarimni olyapti, siz chaqiryapsiz, telefilm chaqiryapti. Birdan shunaqa bo‘lyapti, deb so‘radim. Qo‘ysangiz-chi, dedilar. Ular prezidentimizning lyubimchigiga aylandingiz, dedilar. Qanday qilib, dedim. Tanbur chalib, ashula aytgan edingizmi, yaqinda ko‘ribdilar, juda ma’qul kelibdi. Bunaqa yigitlarni ko‘tarishimiz kerak, degan ekanlar, dedilar. Xursand bo‘lib ketdim», — deydi Kozim Qayumov.
Xonanda, shuningdek, o‘sha yili O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist unvonini olgani haqida ham gapirdi.
«Xudoga shukr, bizni ham odamlar ko‘rib bildi. Chunki juda ham ko‘p odamlar gapirdi, nimaga shu paytgacha ham unvon olmagansiz deb. Asabimga tegadigan bo‘lib qoldi shu darajada. Asosiysi, xalq bilsa, men uchun eng katta unvon. Shunaqa unvonlilar bor, xalq artisti, hech kim tanimaydi. Undan ko‘ra, bo‘lmagani ham yaxshi.
O‘sha yili 31 avgust kuni kechqurun konsertda maydonga chiqaman. Ertalab menga qo‘ng‘iroq qilib tabriklashyapti. Ishonmayman, qanaqa unvon, chunki hech kim uchini ham chiqargani yo‘q. Xizmat ko‘rsatgan artist unvonini olibsiz, deyishdi. Bo‘lishi mumkin emas, men kabilarga berishmaydi, dedim. O‘sha kuni kechqurun bayramda hamma tabrikladi, tabriklamagan odam qolmadi», — deydi Kozim Qayumov. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi