9 944
«‘Million’dagi arabcha raqsim sabab dadam gaplashmay qo‘ydilar» - Aktrisa Narminjan (video)
«Million» jamoasining konsert dasturida «Cosmos» tarkibida chiqqan, Narminjan taxallusi bilan tanilib borayotgan aktrisa A’zamova Nargiz sahnadagi arabcha raqsi sababli dadasi undan xafa bo‘lgani va biroz muddat gaplashmay qo‘ygani haqida gapirib berdi. Aktrisa bu haqida YouTube’dagi YashinTV kanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
- Yoshligimdan raqsga juda ham qiziqqanman. Maktabda ham, kollejda ham qanaqa tadbir bo‘lmasin raqs sahnalashtirishsa, albatta, men ham u yerda bo‘lardim. Navoiy shahrida Navro‘z bayramlarida ham katta sahnalarda raqs ijro qilib chiqqanman.
Yoshligimdan raqqosa bo‘lish niyatim bo‘lgan. Keyin yoshim katta bo‘lgani sari odamlar raqqosalarga yaxshi ko‘z bilan qarashmagani uchun, raqqosa bo‘lish niyatimdan qaytib, kollejga aktrisalik yo‘nalishiga topshirganman.
«Million» jamoasidagi raqs bilan bog‘liq chiqishimga kuzatuvchilarimiz orasida salbiy munosabat bo‘lgan. Aslida sahnada raqs o‘ynashim kerak bo‘lgan sahna bo‘lmagan, u yerda haqiqiy raqqosalar o‘ynashi kerak edi. Konsertga oz vaqt qolgan paytda raqsni men ijro etishim kerakligi aytilgan. Qo‘l oyog‘i bog‘langan inson bo‘lib qolganman. Chunki konsertga chiqmasam bo‘lmaydigan vaziyatda edim. «Million»ga chiqishimni ko‘pchilik bilib bo‘lgandi. Hammada ham do‘st bor, dushman bor. Shu sababli «Million»ga chiqmasam bo‘lmasdi.
«Kommentariya»da ko‘pchilik «shu qizning otasi, akalari bormikan», deb yozishadi. Dadam borlar. Lekin konsertda arabcha raqs o‘ynab chiqqanimni dadam bilmaganlar. Har safar sahnaga yuragimni ushlab chiqardim. Konsert tugagandan so‘ng, tarmoqlarga chiqqandan so‘ng «dadamga nima deyman», deb juda ham qo‘rqqanman. Chunki dadamning bitta qarashlari menga yetib, ortadi. O‘sha vaqtda chiqishim kerak bo‘lgan vaziyatda qolganman.
Dadam ko‘rdilar. Xafa bo‘ldilar. Biroz vaqt dadam bilan gaplashmadik. Men eng kichkina farzandman, bu narsani mendan kutmagan ekanlar. Ikkita opam bor, ular hammasini dadamga tushuntirdilar. «Boshqa bu narsa takrorlanmasin, bunday rollarda seni ko‘rmay dedilar».
Shu arabcha raqs bilan tanilish menga nasib qilgan ekan, men hech narsadan nolimayman, - deydi Narminjan.
Ma’lumot uchun, A’zamova Nargiz 1998 yil, 24 iyul kuni Navoiy viloyatida dunyoga kelgan. Aktrisa sifatida «Qodirxon» serialidagi Shahrizoda roli bilan, Jaloliddin Ahmadaliyevning «Yor bizdan ketdi», «Menda qolmadi dil» singari kliplardagi rollari bilan mashhurlikka erishgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi