
Foto: «raidokp.ru»
1997 yil «Titanik» filmida suratga tushayotgan vaqtida tanishgan aktrisa Keyt Uinslet va Leonardo Di Kaprio pandemiya sababli uch yil davomida bir-biri bilan ko‘risha olmadi. Aktyorlar ikkalasi ham Los-Anjelesda bo‘lgandagina uchrashishga muvaffaq bo‘ldi.
Uinslet o‘sha paytda o‘zini yig‘idan to‘xtata olmaganini so‘zlab berdi va filmdagi partnyorini «hayotining yarmi» deb bilishini aytdi.
«Biz o‘z mamlakatimizni tark eta olmadik, – deydi Keyt Uinslet The Guardian nashriga. – Dunyodagi ko‘plab do‘stlar kabi biz ham pandemiya tufayli bir-birimizni sog‘indik. U mening do‘stim, juda yaqin do‘stim. Biz bir umrga bog‘langanmiz». “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar