
Bollivud yulduzi Priyanka Chopra va xonanda Nik Jonas birinchi marta surrogat ona tufayli ota-ona bo‘ldi. Bu haqda model va aktrisa Instagram’da ma’lum qildi, deb yozadi People Talk.

Foto: Pinterest
«Surrogat ona tufayli dunyoga kelgan chaqaloqni kutib olganimizni tasdiqlashdan juda xursandmiz. Oilamiz uchun alohida vaqt ajratganimizda, jurnalistlardan bizni tinch qo‘yishlarini iltimos qilib so‘raymiz. Barchangizga katta tashakkur!», – deb yozadi u postida.
Eslatib o‘tamiz, Priyanka Chopra va Nik Jonas olti oylik munosabatlardan keyin 2018 yilda turmush qurgan. Ularning to‘yi nasroniy va hinduiylar urf-odatlariga ko‘ra, Jodxpurdagi Bhawan Palace saroyida o‘tkazilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar