
Yurtimizda Alisher Navoiy tavaludining 581 yilligi va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligi munosabati bilan ma’rifiy va amaliy tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Majburiy ijro byurosining Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi xodimlarining sa’y-harakatlari bilan Ulug‘bek shaharchasida joylashgan 286-sonli o‘rta umumta’lim maktabida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda allomalarning ana shunday o‘lmas asarlaridan namunalar ijro etildi.
O‘tkazilgan tadbirda, MIB xodimlari so‘zga chiqib bugungi tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, yoshlarni iqtidorini keng namoyish etish, ularni qo‘llab – quvvatlash, yoshlarni buyuk ajdodlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida o‘tkazilayotganligini aytib o‘tdi.
Tadbirda 286-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi o‘quvchilari va ta’lim muassasalaridagi o‘quvchi yoshlar tomonidan tayyorlangan badiiy sahna ko‘rinishlar yig‘ilganlarga katta taassurot qoldirdi.
Majburiy ijro byurosining Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan joylarda yozuvchi va shoirlar, ma’naviyat va adabiyot fidoyilari ishtirokidagi ushbu tadbirlarda Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti, faoliyati, ijodiy merosining ahamiyati keng tushuntirilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar