17:30 / 24.02.2022
2 153

Aktrisa Asal Shodiyeva to‘ng‘ich o‘g‘lining ukasi bilan munosabati haqida gapirdi

Aktrisa Asal Shodiyeva to‘ng‘ich o‘g‘lining ukasi bilan munosabati haqida gapirdi
Taniqli aktrisa Asal Shodiyeva 12 yanvar kuni Turkiyaning Istanbul shahrida joylashgan klinikalardan birida ikkinchi marta ona bo‘ldi. Ayni kunlarda ikki farzandning parvarishi bilan band bo‘lgan aktrisa Instagram orqali muxlislarini qiziqtirgan savollarga javob berishga qaror qildi. Quyida eng qiziq savollarga aktrisaning javoblarini taqdim etamiz.

Foto: Instagram / @asalshodieva
— Nega farzandingizni Turkiyada dunyoga keltirdingiz? Sog‘lig‘ingizda biror muammo bormidi?
— Sog‘lig‘im yaxshi, ammo bunga ham ishonmaysizlar.

— Birinchi farzandingizni qayerda dunyoga keltirgansiz?
—Muhammadyusuf akusherlik va ginekologiya ilmiy tekshirish institutidagi Lola Erkinovna ko‘magida dunyoga kelgan.

— Ikki bola bilan qiyin emasmi? Muhammadyusuf Baxtiyordan rashk qilmaydimi?
— Albatta, buning o‘ziga yarasha qiyinchiliklari bor. Bu ishda enagamiz, onam va qaynonam ko‘maklashishadi. Dadamiz esa ishda bo‘ladi. Kichkintoylarim kechasi navbati bilan baqir-chaqir qilishadi. Shu bois deyarli uxlamayman. Muhammadyusuf ukasini yaxshi ko‘radi, uni o‘pib erkalaydi. Ammo ba’zida fe’li o‘zgarib, ukasining ustiga o‘tirib olishga harakat qiladi.

Foto: Instagram / @asalshodieva
— Farzandlaringizni kesarcha kesish yo‘li bilan dunyoga keltirdingizmi?
— Ikki farzandim ham tabiiy yo‘l bilan tug‘ilgan.

Foto: Instagram / @asalshodieva
—Sun’iy urug‘lantirish (EKO) yordamida ikkinchi bor homilador bo‘lganingiz rostmi?
— Yo‘q, ishonmasangiz ham, javob berdik.

— Baxtiyorni bo‘tqa bilan oziqlantirasizmi?
— Yo‘q, u ona suti bilan oziqlanadi.

— Parhez qilayotganingiz ona sutining kamayishiga sabab bo‘lmayaptimi?
— Yo‘q, men faqatgina tanam uchun befoyda bo‘lgan mahsulotlardan voz kechib, parhez qilyapman, xolos. Shirin, sho‘r va xamirli mahsulotlardan voz kechganman. Bundan tashqari, ozdiruvchi massajdan ham foydalandim. Bu juda og‘riqli jarayon, lekin uchinchi seansdan so‘ng ko‘nikib ketasiz. Organizmdagi ortiqcha suv ketadi. Tug‘ruqdan keyin 10 kilo tashladim, hozir vaznim 60 kilogramm, o‘zimning vaznim 57 kg edi.

— Nega o‘zbekcha gapirmaysiz?
— Men-ku gapiraman, lekin sizga til o‘rganishga nima xalaqit beryapti? Bilimning ortiqchasi bo‘lmaydi.

Shuningdek, Asal Shodiyevaning aytishicha, to‘ng‘ich o‘g‘li Muhammadyusuf kuni bilan dadasining klip va filmlarini ko‘rib o‘tiradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Aktrisa Asal Shodiyeva to‘ng‘ich o‘g‘lining ukasi bilan munosabati haqida gapirdi