date 15:51 / 11.03.2022
views 1 711

Keyt Uinslet karerasida tanaffus qilishiga nima sabab boʻlgani haqida soʻzlab berdi

Keyt Uinslet karerasida tanaffus qilishiga nima sabab boʻlgani haqida soʻzlab berdi
Foto: «Film.ru»
Keyt Uinslet ijod qilishga tayyor – «Titanik» yulduzi Variety nashriga bergan intervyusida ekranlarga qaytishi haqida gapirib berdi. Aktrisa «Isstaunlik Meyr» serialida suratga tushgandan soʻng bir yil tanaffus qilishga qaror qilgan.

Uinsletning soʻzlariga koʻra, orqaga qadam tashlash yaxshi boʻlgan. «Oʻtgan yili men oilam bilan vaqt oʻtkazish va «Isstaunlik Meyr»dan keyin qayta tiklanish uchun tanaffus oldim. Biroz dam olib, qaytadan ishga tushish yaxshi boʻldi», – deydi Keyt.

Shuningdek, Uinslet yana ijodga qaytishni va boshqa hamkasblari bilan bir xonada ishlashni sabrsizlik bilan kutayotganini qoʻshimcha qilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat