Foto: Turizm va madaniy meros vazirligi
Prezident “Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Turizm va madaniy meros vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Suv xo‘jaligi vazirligining “O‘zbekiston turizm magistrali” turizm transport koridori bo‘ylab avtomagistral yo‘llari va yo‘l bo‘yidagi infratuzilma holatini o‘rganish bo‘yicha ishchi guruhi takliflariga muvofiq, belgilangan tartibda Turizm transport koridori bo‘ylab yer uchastkalarini realizatsiya qilish va avtomagistral yo‘llari bo‘ylab zamonaviy standartlarga javob beradigan “Karvonsaroy”larni tashkil etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berildi.
Belgilanishicha, Turizm transport koridori bo‘ylab turizm xizmatlari yo‘lga qo‘yiladigan ob’ektlar Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Qurilish vazirligi tomonidan ishlab chiqiladigan va tasdiqlanadigan namunaviy loyihalar asosida barpo etiladi. Bunda:
- har bir “Karvonsaroy”ning tashqi ko‘rinishi an’anaviy arxitektura va ushbu hududning o‘ziga xosligini inobatga olgan holda ishlab chiqilishi;
- har bir “Karvonsaroy”da turizm xizmatlari, hunarmandchilik va mahalliy qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdosi, avtomobillarga, shu jumladan, elektromobillarga xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, avtoturargoh hamda zamonaviy sanitariya-gigiyena shoxobchalarining mavjud bo‘lishi;
- “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida har bir “Karvonsaroy” atrofida daraxt va buta ko‘chatlarini ekish nazarda tutiladi.
Turizm va madaniy meros vazirligi Qurilish vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda zamonaviy “Karvonsaroy”larni tashkil etish bo‘yicha manzilli ro‘yxatni shakllantiradi va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas