Oʻzbekistonda 9 may kuni yomgʻir yogʻib, kuchli shamol boʻlishi kutilmoqda

Oʻzbekistonda 9 may kuni yomgʻir yogʻib, kuchli shamol boʻlishi kutilmoqda
«Oʻzgidromet» 9 may, dushanba kuni qanday ob-havo boʻlishini ma'lum qildi. Unga koʻra:

Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, kechga tomon qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi, 12-15 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17-19 daraja, kunduzi 34-36 daraja boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, ba'zi joylarda kuchli boʻlishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 15-20 metr/sekundgacha, ba'zi joylarda 22-25 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda chang toʻzon kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 14-19 daraja, kunduzi 20-25 daraja boʻladi.

Buxoro viloyatida havooʻzgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida ba'zi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 15-20 metr/sekundgacha, ba'zi joylarda 22-25 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda chang toʻzon kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 14-19 daraja, kunduzi 25-30 daraja boʻladi.

Navoiy viloyatida havo oʻzgarib turadi, ba'zi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻladi. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 15-20 metr/sekundgacha, ba'zi joylarda 22-25 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda chang toʻzon kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 14-19 daraja, kunduzi 25-30 daraja boʻladi.

Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, kechga tomon ba'zi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 32-37 daraja boʻladi.

Samarqand viloyatida havo oʻzgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 32-37 daraja boʻladi.

Qashqadaryo viloyatida havo oʻzgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17-22 daraja, kunduzi 32-37 daraja boʻladi.

Surxondaryo viloyatida havo oʻzgarib turadi, kechga tomon ba'zi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17-22 daraja, kunduzi 32-37 daraja boʻladi.

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, ba'zi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 30-35 daraja boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, ba'zi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 23-28 daraja boʻladi.

Eslatib oʻtamiz, «Oʻzgidromet» respublikaning ba'zi joylarida 8—10 may kunlari kuchli shamol boʻlishidan ogohlantirgandi. 9—13 may kunlari bir qator hududlarda sel kelish xavfi e'lon qilindi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar