
Respublika Gidrometeorologiya markazi 21 may, shanba kuni uchun ob-havo prognozini e'lon qildi. Unga koʻra:
Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 16-18 daraja, kunduzi 30-32 daraja boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi, ba'zi joylarda 23-28 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 14-19 daraja, kunduzi 17-22 daraja boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, kechga tomon ba'zi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi, ba'zi joylarda 23-28 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 14-19 daraja, kunduzi 30-35 daraja boʻladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 14-19 daraja, kunduzi 27-32 daraja boʻladi.
Qashqadaryo viloyatida havo oʻzgarib turadi, kechga tomon ba'zi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 32-37 daraja boʻladi.
Surxondaryo viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 32-37 daraja boʻladi.
Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, ba'zi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 14-19 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 25-30 daraja boʻladi.
Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, ba'zi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, vaqti-vaqti bilan kuchli boʻladi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 18-23 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 20-25 daraja boʻladi.
Markaz ma'lumotiga koʻra, 20—22 mayda Oʻzbekiston boʻyicha ba'zi joylarda shamol 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi kutilmoqda, 21 mayda shimolda va choʻl hududlarida, 22 mayda respublika boʻyicha ba'zi joylarda 23-28 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon kuzatilishi mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar