
Bugun kunduz kuni respublika bo‘yicha havo o‘zgarib turishi kutilmoqda, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kun davomida, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida kunning birinchi yarimida, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ertalab yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari kuzatilishi mumkin. Ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha, ba’zida esa 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatilishi mumkin. Harorat 18-23° bo‘ladi.
Poytaxtimizda kunning birinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi. Shamol 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo 18-20° gacha isiydi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘adi, vaqti-vaqti bilan kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, do‘l yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarda shamol 18-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 7-12° bo‘ladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar