Gidrometeorologiya xizmati yangi hafta uchun ob-havo ma’lumotini taqdim etdi.
Bugun respublika bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona viloyatining ayrim tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Kunduzi havo harorati 23-28° atrofida bo‘ladi.
24-26 may kunlari davrida O‘zbekiston bo‘yicha havo kam bulutli va iliq bo‘ladi. Havo harorati kunduzi asta-sekin ko‘tariladi va hafta o‘rtasiga kelib 32-37° ga yetadi.
27 mayda O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan nam havoning navbatdagi qismi kirib kelishi boshlanadi. Respublikaning ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Kunduzi havo harorati 5-7° ga pasayadi.
25 mayda shimolda, 26-28 may kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatilishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda