
Foto: «Dunyo» axborot agentligi
Balx viloyatining Qaldar tumanida O‘zbekiston tomonidan bundan avvalroq yetkazilgan insonparvarlik yordamini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda TIV matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, 2 iyun kuni bo‘lib o‘tgan tadbirda ishtirokchilar O‘zbekiston rahbariyatiga chuqur minnatdorlik bildirib, insonparvarlik yordami o‘z vaqtida ko‘rsatilayotganini alohida ta’kidladi.
Tuman rahbari M.Vali O‘zbekistonning insonparvarlik yordami Afg‘onistonning shimoliy hududlari, xususan, Balx viloyati aholisi farovonligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etayotganini qayd etdi.
Un, o‘simlik yog‘i, bug‘doy, guruch, makaron, konserva, kiyim-kechak va boshqa mahsulotlardan iborat oziq-ovqat to‘plamlari, kiyim-kechak bir oy avval kuchli suv toshqini va sel sodir bo‘lgan Qunduz, Samangan, Tahor va Juzjon viloyatlariga ham yuboriladi.
O‘zbekiston so‘nggi marta 30 aprel kuni Afg‘onistonga gumanitar yordam yuborgandi. Undan avval 2021 yilning dekabr va sentabr oylarida afg‘on xalqi uchun insonparvarlik yuki yetkazilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar