O‘zbekistonda oliy ta’lim beruvchi oliygohlar soni har yili bir nechtaga ko‘payib bormoqda. Xususiy universitetlardan tashqari davlat OTMlari soni ham oshyapti.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonda jami 162 ta OTM mavjud. Nodavlat OTMlar soni 25 taga, xorijiy OTMlar va filiallari esa 30 taga yetgan. Bu yil hisobida bir nechta OTM yangi ochildi yoki qayta tashkil etildi.
Farmatsevtika texnik universiteti
“Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterida Farmatsevtika texnik universiteti tashkil etildi va OTMga qabul 2022/2023 o‘quv yilidan grant, to‘lov-shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Universitet Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi muassisligida tashkil etilgan davlat oliy ta’lim muassasasi hisoblanib, uning faoliyati Agentlik tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Masofaviy ta’lim beruvchi OTM
Hukumat qarori bilan IT-Park University raqamli universiteti tashkil qilindi. Bu OTMga qabul shu yildan boshlanadi.
MCHJ shaklidagi nodavlat oliy ta’lim tashkilotida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, dasturiy ta’minotni ishlab chiqish, axborot tizimi va kompyuter tarmoqlarini boshqarish sohalari bo‘yicha oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlanadi.
Talabalarni o‘qitish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Yangi universitetda ta’lim jarayoni kredit-modul tizimi asosida, o‘qitish masofaviy ta’lim shaklida olib boriladi, shuningdek, qonunchilikka muvofiq boshqa ta’lim shakllarida ham amalga oshirilishi mumkin.
Diplomi O‘zbekistonda tan olinadi.
Qayta tashkil etilgan OTMlar
Samarqand davlat tibbiyot universiteti
Samarqand davlat tibbiyot instituti universitet sifatida qayta tashkil etildi.
OTM qayta tashkil etilgach, 2022 yilga qadar Samarqand davlat tibbiyot institutida tahsil olayotgan talabalar universitetda mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarida o‘qishini davom ettirishni boshladi, bitiruvchi kurs talabalariga belgilangan tartibda davlat namunasidagi universitet diplomi berilishi belgilangan.
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Samarqand veterinariya meditsinasi instituti Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti etib qayta tashkil etilgan.
Universitet veterinariya meditsinasi, veterinariya va sanitariya ekspertizasi, veterinariya diagnostikasi va laboratoriya ishlari, veterinariya farmatsevtikasi, zooinjeneriya, veterinariya biotexnologiyasi, chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlovchi tayanch davlat oliy ta’lim muassasasi etib belgilangan.
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti
Bundan tashqari, Navoiy davlat konchilik instituti Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti etib qayta tashkil etilgan. Universitetda sanoat, texnika-texnologiya, muhandislik sohalari uchun oliy ma’lumotli mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlanishi belgilangan.
Universitetda 2023/2024 o‘quv yilidan texnika yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilishi reja qilingan.
Bilib qo‘ygan zarar qilmaydi
Qayd etish joizki, bu yil oliy ta’lim bilan qamrov 28 foizdan 38 foizga yetkazilmoqda. Bu degani abituriyentlarning talaba bo‘lish imkoniyati ham oshadi. Ilk bor davlat OTMlarida ham masofaviy ta’lim shakli joriy etilishiga oid qaror loyihasi e’lon qilingan. Shundan kelib chiqqan holda va IT-Park University nodavlat universiteti masofaviy ta’lim shakli joriy etilayotganini hisobga olsak, tez orada O‘zbekistonda ham masofaviy ta’lim shaklida o‘qib olingan diplomlar tan olina boshlanishini taxmin qilish mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)