1 070
Istalgan fuqaro huquqi buzilganda Konstitutsiyaviy sudga shikoyat qilishi mumkin bo‘ladi
Amaldagi konstitutsiyaning 109-moddasiga qo‘shiladigan yangi bandga binoan Konstitutsiyaviy sud fuqarolarning va yuridik shaxslarning muayyan ishda sud tomonidan ularga nisbatan qo‘llanilgan qonunning Konstitutsiyaga muvofiqligini tekshirish haqidagi shikoyatlarini ko‘rib chiqishi belgilanmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan uchrashuvda “Konstitutsiyaviy sud faoliyatini yanada takomillashtirish, fuqarolar va yuridik shaxslarning muayyan ishda sud tomonidan ularga nisbatan qo‘llanilgan qonunning Konstitutsiyaga mosligini tekshirish haqidagi shikoyatlarini ko‘rib chiqish Konstitutsiyaviy sudning vakolati sifatida Konstitutsiyada aks ettirilishi lozim” ligini ta’kidlab o‘tgandi.
Mazkur qo‘shimcha kiritishga zaruriyat shundan iboratki, inson huquqlarini himoya qilishda samarali vositalardan biri bo‘lgan konstitutsiyaviy shikoyat institutini konstitutsiyaviy norma bilan mustahkamlashdir. Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartirishga “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun, xalqaro normalar, xorijiy davlatlar Konstitutsiyalari, shuningdek fuqarolardan kelib tushgan taklif va tavsiyalar asos bo‘lmoqda.
Mazkur normaning asosiy mazmun-mohiyati shundan iboratki, agarda fuqaro o‘zining Konstitutsiyada belgilangan huquqini qonun yoki uning biror-bir normasi bilan buzilmoqda, deb hisoblasa, ushbu hujjatning konstitutsiyaviyligini ko‘rib chiqishni so‘rab Konstitutsiyaviy sudga murojaat (shikoyat) qilish huquqi tushuniladi.
Ta’kidlash joizki, ushbu norma mamlakatimizda fuqarolar va yuridik shaxslarning konstitutsiyaviy huquqlarini himoya qilish, konstitutsiyaviy qonuniylikni mustahkamlash, Konstitutsiya va qonun ustunligini ta’minlashga, Konstitutsiyaviy sud faoliyatini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.
Mazkur normaga hamohang qoida “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunning 27-moddasi 2-bandida “Agar qonun fuqarolar va yuridik shaxslarning fikricha, ularning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini buzayotgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq kelmasa hamda sudda ko‘rilishi tugallangan muayyan ishda qo‘llanilgan bo‘lsa va sudda himoya qilishning barcha boshqa vositalaridan foydalanib bo‘lingan bo‘lsa, ular qonunning Konstitutsiyaga muvofiqligini tekshirish to‘g‘risidagi shikoyat bilan Konstitutsiyaviy sudga murojaat etishga haqlidir” deb belgilab qo‘yilgan.
Fuqarolar va yuridik shaxslarga konstitutsiyaviy odil sudlov organiga bevosita murojaat qilish huquqining berilishi Konstitutsiyaviy sudda ish hajmining oshishiga sabab bo‘ldi. Avvalgi yillari Konstitutsiyaviy sudga bir yilda o‘rtacha 800-1000 murojaat kelgan bo‘lsa, yangi qonun qabul qilingandan keyin murojaatlar soni 1,5 mingga yetdi. Shundan Konstitutsiyaviy sudning vakolatiga taalluqli murojaatlar 127 ta (16 foiz)ni tashkil qiladi. Ular Qonunga binoan ko‘rib chiqildi, qolganlari Konstitutsiyaviy sudga tegishli bo‘lmagani uchun murojaatlar mualliflariga asoslantirilgan tushuntirishlar berilgan yoxud tegishli tashkilotlarga yuborilgan.
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 8-moddasiga asosan “Har bir inson unga konstitutsiya yoki qonun orqali berilgan asosiy huquqlari buzilgan hollarda nufuzli milliy sudlar tomonidan bu huquqlarning samarali tiklanishi huquqiga ega” deb ko‘rsatilgan. Shuningdek, Fuqaroviy va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktning 2-moddasi 3-qismiga asosan “Ushbu paktda ishtirok etuvchi har bir davlat huquqiy himoya talab qiluvchi har qanday shaxs uchun yuridik himoya vakolatli sud, ma’muriy yoki qonun chiqaruvchi hokimiyatlar tomonidan yoki davlatning huquqiy tizimida nazarda tutilgan boshqa vakolatli organlar tomonidan ta’minlashi va sud orqali himoyalanishi imkoniyatini rivojlantirishni o‘z zimmasiga oladi”, deb belgilangan.
Qayd etish kerakki, konstitutsiyaviy shikoyat instituti rivojlangan xorijiy davlatlar Belgiya, Vengriya, Germaniya, Rossiya, Latviya, Litva, Koreya kabi davlatlarning konstitutsiyalarida ham o‘z aksini topgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»