16:53 / 04.07.2022
1 238

O‘zbekistonnning ayrim hududlarida 5 iyul kuni yomg‘ir yog‘ishi mumkin

O‘zbekistonnning ayrim hududlarida 5 iyul kuni yomg‘ir yog‘ishi mumkin
Respublika Gidrometeorologiya markazi O‘zbekiston bo‘yicha 5 iyul, seshanba kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, kunning birinchi yarmida biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi, 12-14 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-22 daraja, kunduzi 30 daraja atrofida bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 28-33 daraja bo‘ladi.

Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 30-35 daraja bo‘ladi.

Toshkent viloyatida havo o‘zgarib turadi, kunning birinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlari kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 17-22 daraja, kunduzi 30-35 daraja bo‘ladi.

Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlari kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 17-22 daraja, kunduzi 30-35 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlari kuzatilishi mumkin, ba’zi joylarda shamol 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 32-37 bo‘ladi.

Namangan viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, kunning birinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlari kuzatilishi mumkin, ba’zi joylarda shamol 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 21-26 daraja, kunduzi 30-35 daraja bo‘ladi.

Andijon, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlari kuzatilishi mumkin, ba’zi joylarda shamol 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 21-26 daraja, kunduzi 30-35 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, ayrim tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 15-20 daraja bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, «O‘zgidromet» mutaxassisi Erkin Abdulahatov «Daryo» muxbiri bilan suhbatda havo harorati 4 iyuldan keyin 8-10 darajaga pasayishi kutilayotganini aytgandi. Iyul oyining ikkinchi va uchinchi o‘n yilliklarida harorat asosan 35–38 daraja atrofida bo‘lishi, ayrim kunlari ba’zi joylarda 40–42 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonnning ayrim hududlarida 5 iyul kuni yomg‘ir yog‘ishi mumkin