
Gidrometeorologiya xizmati markazi joriy yilning 9-12 iyul kuni kuzatiladigan ob-havo ma'lumotini e'lon qildi.
Unga koʻra, Qoraqalpogʻiston, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, ba'zi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 9 iyulda kechasi 16-21 daraja, kunduzi 30-35 daraja, 10-12 iyulda kechasi 18-23 daraja, kunduzi 33-38 daraja boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham havo biroz bulutli boʻladi, ba'zi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 9 iyulda kechasi 20-25°, kunduzi 32-37°, 10-12 iyulda kechasi 20-25°, kunduzi 34-39° boʻladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, ba'zi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 9 iyulda kechasi 17-22 daraja, kunduzi 30-35 daraja, 10-12 iyulda 32-37 daraja boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, ba'zi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 34-39 daraja boʻladi.
Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, ba'zi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 9 iyulda kechasi 17-22 daraja, kunduzi 30-35 daraja, 10-12 iyulda 32-37 daraja boʻladi.
Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, ba'zi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 21-26 daraja boʻladi.
Eslatib oʻtamiz, Qurbon hayiti arafasida ish haftasining turidan qat'i nazar 4 kun dam olinadi. Bunda:
- 9 iyul (shanba) – Qurbon hayiti bayrami;
- 10 iyul (yakshanba) – dam olish kuni;
- 11 iyul (dushanba) – barcha xodimlar uchun qoʻshimcha dam olish kuni;
- 12 iyul (seshanba) – 6 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun qoʻshimcha dam olish kuni, 5 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun 16 iyul (shanba) dan koʻchirilgan dam olish kuni.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar