
Gidrometeorologiya xizmati markazi Oʻzbekistonda 12-15 iyul kunlari kutilayotgan ob-havo ma'lumotini e'lon qildi. Unga koʻra hafta oxirlariga borib havo harorati deyarli barcha viloyatlarda 40 darajadan oshadi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, ba'zi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 12-13 iyulda ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 12 iyulda 33-38°, 13-15 iyulda 35-40° boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, ba'zi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan7-12 m/s tezlikda esadi, 12-13 iyulda ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar kuzatilishi mumkin. Harorat 12 iyulda kechasi 20-25°, kunduzi 33-38°, 13-15 iyulda kechasi 22-27°, kunduzi 13 iyulda 35-40°, 14 iyulda 36-41°, 15 iyulda 38-43° boʻladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, ba'zi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 12-13 iyulda ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar kuzatilishi mumkin. Harorat 12 iyulda kechasi 17-22°, kunduzi 32-37°, 13-15 iyulda kechasi 20-25°, kunduzi 13 iyulda 34-39°, 14-15 iyulda 36-41° boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, ba'zi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 12-13 iyulda ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar kuzatilishi mumkin. Harorat 12 iyulda kechasi 20-25°, kunduzi 34-39°, 13-15 iyulda kechasi 22-27°, kunduzi 13 iyulda 35-40°, 14 iyulda 37-42°, 15 iyulda 38-43° boʻladi.
Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, ba'zi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-13 iyulda ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 12-14 iyulda 17-22°, 15 iyulda 20-25°, kunduzi 12-13 iyulda 30-35°, 14 iyulda 33-38°, 15 iyulda 34-39° boʻladi.
Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, ba'zi joylarda oʻzgarib turadi, 12-13 iyulda ba'zi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. 14-15 iyulda yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 12-13 iyulda ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 12 iyulda 23-28°, 13-15 iyulda 28-33° gacha koʻtariladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar